"Mutolaa" loyihasi bosh muharriri Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” trilogiyasi bir oyda 7220 nusxadan oshiq sotilib, “Qamar” doʻkonlari rekordini yangiladi. Bu — zamonaviy oʻzbek mualliflari orasidagi mutlaq eng yuqori koʻrsatkich. Muallifning bir oylik ulushi 238 million soʻmni tashkil qildi.
“Galaktikada bir kun” asari “Mutolaa” ilovasida ham 100.000 martadan koʻp oʻqilgan boʻlib, minglab bolalar qalbidan joy olgan.
Bu natija shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ham yaxshi kitobni qadrlaydigan xaridorlar yetarli. Ijodga endi xobbi emas, balki jiddiy daromad manbai sifatida qarash vaqti keldi. Tilagimiz, yurtimizda o‘z aqliy mehnati va iste’dodi ortidan munosib qadrlanadigan millioner yozuvchilarimiz ko‘payaversin!
😊 Hoziroq “Mutolaa” ilovasiga kirib, asarni sifati audiokitobini eshitishingiz va mutlaa qilishingiz mumkin: havola.
