Rasmiy xabarlarda yanada toʻliq taʼminlash degan yangi ibora paydo boʻldi.
Toʻliq – har tomonlama, hech narsasi kam emas degani. Unga yanada qoʻshish ortiqcha: toʻliqdan ortigʻi boʻlmaydi. Yanada deyilayotgan boʻlsa, demak, oldin toʻliq taʼminlanmagan. Oʻzi yanada soʻzini ham oʻrinsiz ishlatavermaslik kerak.
Fikr aniq ifodalanadigan shakl – toʻliq taʼminlash.
🔥 – Toʻliq tushundim
😎 – Endi bilib oldim
@oriftolib | Sahifalarimiz
