TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2832 6.26K
Yomon illat

Soʻzni ortiqcha ishlatish, bir maʼnoni ifodalovchi qismlarni qoʻllash fanda pleonazm deb ataladi. Xoʻsh, yomon illat iborasining nimasi xato? Bu yerda nima ortiqcha? Holbuki, bu iborani qoʻllash juda urf boʻlgan:

Baxillik – yomon illat.
Giyohvandlik – yomon illat.

Yomon illatlarga qarshi birgalikda kurashamiz.

Endi oʻylab koʻraylik: illatning yaxshisi boʻladimi? Albatta, boʻlmaydi. Illatning hammasi – yomon. Kasallik, ayb, jinoyat kabi maʼnolarni ifodalovchi bu soʻz koʻchma maʼnoda meʼyoriylikni buzuvchi salbiy narsa, qusur, kamchilik mazmunini tashiydi. Demak, oʻzi salbiylik maʼno qirrasiga ega soʻzga yana xuddi shu maʼnodagi soʻzni tirkash oʻrinsiz.

Biror illat ajratib koʻrsatilgandagina yomon soʻzidan foydalanish mumkin:

Baxillik – eng yomon illat. ✅

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 50
  • 🔥 13
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →