TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1260 2.81K
Behurmatsizlik

Bitta vazifadagi qoʻshimchani ikki marta ishlatish bir xil koʻylakni ustma-ust kiyishga oʻxshaydi. Oʻta ortiqcha va mantiqsiz ish. Lekin baʼzida shunday xatolarga ham yoʻl qoʻyib turiladi. Gohida bu xatolarni anglash mushkul boʻlsa, ayrimlari shundoq manaman deb koʻrinib-sezilib turadi.

Behurmatsizlik soʻzidagi yanglishlik boʻrtib-bilinib turibdi. Yo behurmatlik boʻlishi kerak, yo hurmatsizlik. Ikkita inkor qoʻshimchasi bir paytda qoʻshilgan. Bu til qoidalari va mazmunga zid.

Toʻgʻri, inkor bildiruvchi qoʻshimchalar ketma-ket kelishi mumkin. Lekin bitta soʻzda emas. Ikkita soʻzda: bilmay qoʻymaydi. Bunda inkor maʼnosi emas, uning aksi – aniqlik, muqarrarlik maʼnosi anglashiladi: aniq biladi, bilishi aniq.

Xullas, bitta soʻzga bir xil qoʻshimchani qoʻshish bemantiqsizlikdir. Bundan ehtiyot boʻlishimiz kerak.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😁 15
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →