TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #3097 8.35K
​​Koʻp soʻraladigan savol: qoʻsh undoshli oʻzlashmalarga qoʻshimcha qanday qoʻshiladi?

Metall, gramm, kristall
kabi oxiri qoʻsh undosh bila n tugagan oʻzlashma soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda harf tushadimi yoki yoʻq? Tushadi ham, tushmaydi ham.

🟢 Qachon harf tushadi?

Amaldagi imlo qoidalariga koʻra, metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi:

metall + lar = metallar
kilogramm + mi = kilogrammi

🟢 Qachon harf tushmaydi?

Agar boshqa tovushli qoʻshimcha qoʻshilsa, harf tushib qolmaydi:

ball + i = balli
kongress + dan = kongressdan

📌 Demak:

Uning balli qanaqa chiqdi, besh balli tizim, metalli qotishma, metalldan yasalgan ✅

Uning bali qanaqa chiqdi, besh ballli tizim, besh bali tizim, metallli qotishma, metali qotishma, metallldan yasalgan, metaldan yasalgan ❌

Bir tovush aytilgan paytda ikki harf yozish aslida xatoligi, bu ruscha imlodan koʻr-koʻrona koʻchirilgan qoidaligi, uni oʻzgartirish zarurligi haqida oldinroq yozgan edim. Hozircha yuqoridagi tartibga amal qilinadi.

👉 Toʻgʻrisi, bu qoidaning oʻzgarmasligi ehtimoli yuqori. Chunki oʻzgarishlarga toqatsizmiz.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 22
  • 🔥 17
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →