TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1745 7.2K
Aslida: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Imlosi juda chalkashtiradigan soʻzlardan biri ana shu aslida soʻzi boʻladi. Izohli lugʻatda berilgan misollarda ham bir oʻrinda vergul ishlatilgan, boshqa joyda esa yoʻq 😬.

Xoʻsh, oʻzi vergul kerakmi yoki yoʻq?

Buni aniqlash uchun oldin soʻzning maʼnolari bilan tanishib chiqamiz. Aslida uch xil maʼnoni ifodalaydi:

1️⃣ Haqiqat eʼtibori bilan; asli.

Mollarni biz sotayotganimiz bilan doʻkon aslida boshqa kishiniki.

2️⃣ Odatga koʻra, tabiatan; asli.

Otaxon aslida televizorni kam koʻradi.

3️⃣ Modal soʻz vazifasida keladi. Bunda fikrning toʻgʻriligini bildiradi.

Aslida, bu masalaga chuqur yondashish kerak edi...

📌 Demak, muallif oʻz gapiga munosabat bildirgandagina aslida soʻzi bilan vergul ishlatish kerak. Modal soʻz soʻzlovchining oʻz fikriga munosabatini anglatganda kirish soʻz hisoblanadi. Kirish soʻz gap boshida oʻzidan keyin, gap ichida ikki tomondan, gap oxirida oʻzidan oldin vergul talab qiladi:

Bu masalaga, aslida, chuqur yondashish kerak edi...
Bu masalaga chuqur yondashish kerak edi, aslida...

Qolgan oʻrinlarda vergul ishlatmaslik zarur.

Aslida soʻzi kirish soʻz boʻlib kelganda uni aslini olganda birikmasi bilan almashirish mumkin. Yuqorida birinchi va ikkinchi sharhda keltirilgan misollarda ham aslida soʻzini shu maʼnoda ishlatmoqchi boʻlsangiz, vergul qoʻyishingiz mumkin. Bu vergul ishqibozlari uchun, albatta 😏. Men vergul ishlatmaslik tarafdoriman.

Aslida soʻzi haqiqat eʼtibori bilan, odatga koʻra, tabiatan, asli maʼnolarini ifodalasa, shu soʻzlarni uning oʻrniga qoʻyib koʻrganda maʼno yoʻqolmasa, vergul ishlatmang.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 10
  • 🔥 4
  • 😢 1
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →