TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2875 7.02K
​​Oyshami yoki Oisha?

Bu ism turli shakllarda yozilyapti: Oysha, Oisha, Aisha. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Ism imlosi boʻyicha aniq qoida yoʻq. Ammo odatlanilgan imlo bor. Odatlanilgan imlo nima? Bunda soʻzni maʼlum bir shaklda yozish urfga kirgan boʻladi. Yuqorida sanalgan variantlar ichida eng koʻp ommalashgani, odatlanilgani – Oysha. Izohli lugʻatdagi misollarda ham aynan shu variant ishlatilgan. Oisha yoki Aisha uchramaydi.

Oysha arab tilida tirik, barhayot, saodatda yashovchi, baxtli yashovchi kabi maʼnolarni anglatadi.

Oysha ismi Oysha onamiz roziyallohu anho nomi sababli xalqimiz orasida keng tarqalgan. Yirik diniy-maʼrifiy nashr – “Hidoyat” jurnali ham bu ismni aynan Oysha shaklida yozadi.

Menimcha, Oysha varianti oʻzbekchada oy soʻzi qatnashgan ayollar ismlari va talaffuz taʼsirida ommalashgan.

Xoʻsh, Oisha varianti xatomi? Xato emas. Lekin kamroq tarqalgan. Aisha varianti esa xato. Uni aynan shu shaklda ism qoʻyilgan boʻlsa yoki u boshqa millat vakilasining nomi boʻlsagina, ishlatish mumkin.

Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarning imlosida turfaxillik koʻp uchraydi. Masalan, Oysha ismidagi kabi oi tovushlari qatnashgan oila, doim, doir, oid soʻzlarini olaylik. Bunday soʻzlarda oi varianti tanlangan. Moyil, qoyil, qoyim, loyiq kabi soʻzlarda esa bir y orttirilgan. Vaholanki, sanalgan soʻzlar tarkibidagi oi tovushlari arab imlosida bir xil – alif va hamza bilan ifodalanadi. Demak, bu borada lugʻatlarga, qatʼiylashgan odatga amal qilinadi. Eng toʻgʻri yoʻl – shu.

#Soʻragan_edingiz


@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 59
  • 💯 10
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →