TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1949 4.51K
-ki bogʻlovchisini (yuklamasini) oʻrinsiz qoʻllamang

Oldinroq bu bogʻlovchining imlosi haqida yozgan edim.

Men jumla tuzishda va tahrirda -ki bogʻlovchisi (yuklamasi)dan iloji boricha foydalanmaslikka harakat qilaman. Chunki u baʼzi oʻrinlarda mutlaqo keraksiz boʻlsa, baʼzi oʻrinlarda oʻzbekchaga xos boʻlmagan ifoda shakli paydo boʻlishiga xizmat qiladi. Albatta, u tilimizdan joy olib boʻlgan. Har doim ham unga oʻgay koʻz bilan qarayvermaslik kerak. U qayerda oʻrinli turganini tajriba va sezim bilan topasiz.

Masalan:

Bildimki, jumlani xato tuzdim.

👉 Bu gap xato yoki gʻaliz emas. Lekin uni mana bunday koʻrinishda bergan yaxshiroq, oʻzbekcha ifodaga mosroq:

Jumlani xato tuzganimni bildim.

Birinchi gap tuzilishi oʻzbek tiliga xos emas. Lekin baʼzida maʼnoni kuchaytirish uchun jumlani aynan shunday shaklda berishga toʻgʻri keladi:

Shunday xokisorlik bilan soʻradiki, rozi boʻlganimni bilmay qoldim.

Bu jumlani -ki bogʻlovchisisiz ifodalash mumkin, lekin bunda undagi taʼkid, urgʻu yoʻqolib qoladi:

Shunday xokisorlik bilan soʻraganidan rozi boʻlganimni bilmay qoldim.

Shunday xokisorlik bilan soʻragani sababli rozi boʻlganimni bilmay qoldim.

Bunday holatlarda birinchi -ki qatnashgan variantni qoldirish kerak.

Yuklama boʻlib kelgan oʻrinlarda undan bemalol voz kechish mumkin: nahotki – nahot, goʻyoki – goʻyo.

Nahotki shuni tushunmasang? – Nahot shuni tushunmasang?

Kimki, qayerdaki, agarki kabi soʻzlar tarkibi -ki mutlaqo ortiqcha boʻlsa, modomiki, vaholanki, holbuki, chunki kabilarda soʻzning ajralmas qismiga aylangan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 35
  • 🔥 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →