TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1936 4.61K
-ki bogʻlovchisi imlosi

Amaldagi imlo qoidalarida bu bogʻlovchi qay tarzda yozilishi haqida gap yoʻq. Lekin oʻzbek tili grammatikasiga oid kitoblarda u oʻzidan oldingi soʻzga qoʻshib yozilishi koʻrsatilgan. Amaliyotda ham shunday:

Hamma kasal shundaki, siz xalq kuchiga ishonmaysiz.
Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.

Hayotda shunday kishilar boʻladiki, qalb kaliti ularning qoʻlida.
Yo. Shukurov, Xalq bilan hamnafas.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqorida -ki bogʻlovchisi kesimga qoʻshilib kelyapti. Bunday holatlarda undan keyin vergul qoʻyiladi. Kesimga qoʻshilmagan holatlarda vergul talab qilmaydi:

Kimki buning mohiyatini anglamasa, xato qiladi.

Bu bogʻlovchining -kim koʻrinishi ham bor. Lekin bu shaklda qoʻllash hozir eskirgan:

Ajabkim, muqaddas narsalar yonma-yon boʻlarkan.
Gazetadan.

Figʻonkim, gardishi davron ayirdi oʻz diyorimdan.
Furqat.

📌 Demak:

Shunday gapirdiki, hayron qoldim. ✅
Shunday gapirdi-ki, hayron qoldim. ❌
Shunday gapirdi ki, hayron qoldim. ❌

❗️ Mumtoz sheʼriyatda, baʼzan hozirgi zamon sheʼriyatida ham -ki (kim) bogʻlovchisi jumla boshida keladigan holatlar uchrab turadi. Bunda u soʻz kabi yoziladi:

Kishan kiyma, boʻyin egma,
Ki, sen ham hur tugʻilgʻonsan!..
Choʻlpon

Kim, kuchuk birla xoʻdukka necha qilsang tarbiyat,
It boʻlur, dogʻi eshak, boʻlmaslar aslo odami.
Alisher Navoiy

Men jumla tuzishda va tahrirda -ki bogʻlovchisidan iloji boricha foydalanmaslikka harakat qilaman. Nasib qilsa, bu haqda alohida gaplashamiz.

🤔 Aytgancha, baʼzi kitoblarda -ki bogʻlovchisi yuklama deb berilgan. Uning bogʻlovchi yoki yuklama ekani bahs mavzusi emas 🙃. Maqsad – imlosini oʻrganish.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 19
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →