TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1788 3.5K
Atamoq, nomlamoq va ism qoʻymoq

Bir kitob tahririda shu soʻzlarning maʼno farqlari seziladigan oʻringa duch keldim. Bu soʻzlar sinonim boʻlsa-da, baʼzi oʻrinlarda bir-birining oʻrnida qoʻllana olmaydi.

Atamoq soʻzi nom bermoq, ot qoʻymoq, nomlamoq maʼnosida kelganda jonli va jonsiz predmetlarga nisbatan ishlatilaveradi.

Nomlamoq soʻzi nom qoʻymoq, nom bermoq, atamoq kabi maʼnolarga ega. Lekin u asosan jonsiz predmetlarga nisbatan qoʻllanadi.

Nom qoʻymoq iborasi esa jonsiz predmetlarga va hayvonlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ism qoʻymoq iborasi faqat insonga ot qoʻyishni anglatadi.

Endi kitobda duch kelgan jumlaga qaytamiz:

Rasmdagi bola va kuchukka ism qoʻying.

Bu jumla tahrir nuqtayi nazaridan xato. Variantlar:

Rasmdagi bola va kuchukka ot qoʻying.
👉 Bola va kuchuk yonma-yon kelishi, bu oʻrinda inson va hayvonga bir darajada munosabat boʻlishi unchalik toʻgʻri emas.

Rasmdagi bola va kuchukni nomlang.
👉 Insonga nisbatan nomlang soʻzini ishlatmaslik kerak.

Rasmdagi bolaga ism, kuchukka nom qoʻying (yoki bering).
✅ Variantlar ichida eng maqbuli shu.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →