Tatbiq va tadqiq
Shu soʻzlarni yozishda tez-tez xatoga yoʻl qoʻyiladi.
Tatbiq arabchadan olingan, oʻzbek tilida amalda ishlatish, qoʻllash maʼnosini bildiradi.
Tatbiq qilmoq (yoki etmoq) birikmasi esa ishlatmoq, qoʻllamoq, ishga solmoq maʼnolarini anglatadi.
Tadqiq soʻzi ham arab tilidan kirgan, oʻzbekchada chuqur, sinchiklab oʻrganish maʼnosida ishlatiladi.
Tadqiq qilmoq (yoki etmoq) birikmasi ilmiy asosda, sinchiklab, chuqur tekshirmoq, oʻrganmoq maʼnosiga ega.
📌 Demak,
Tatbiq, tatbiqi, tatbiq qilmoq; tadqiq, tadqiqi, tadqiq qilmoq ✅
Tadbiq, tadbiqi, tadbiq qilmoq; tatqiq, tatqiqi, tatqiq qilmoq ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1208
3.2K
