TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2806 4.67K
​​Meva solmagan daraxt nima deb ataladi?

Odatda, sigir, qoʻy va echkilar har yili bolalaydi. Bir yil tugʻib, keyingi yili boʻgʻoz boʻlmagan chorva mollarini jonivor bu yil qisir qolibdi, deymiz.

Qiziq, daraxtlarning ham bir yil meva solib, keyingi yili solmaydiganlari boʻladi, lekin ularga nisbatan qisir soʻzi ishlatilmaydi. Xoʻsh, unda bunday daraxtlar nima deb ataladi?

Men bu haqda birinchi marta Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasida oʻqib, uni yondaftarchamga yozib qoʻygan edim. Yil osha meva beradigan daraxtlar solkash deyilar ekan.

Avvaliga bu soʻzni meva solmoq iborasidagi “solmoq”dan olingan boʻlsa kerak deb xayol qildim.

Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga qarasam, bunday emas ekan. Solkash fors tilidan oʻzlashgan atama boʻlib, oʻzagi sol, yaʼni yil ekan.
Solkash bir yil meva solib, bir yil meva tugmaydigan daraxtdir:

Jiyda solkash koʻrinadi, bu yil meva qilmayapti.
Gʻafur Gʻulom, “Shum bola”.

Elmurod Nishon

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Duvarak” nima degani?
🔹 “Olmani olma derlar”. Olchani-chi?
🔹 “Xurmo” nima degani?

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 76
  • 🔥 12
  • 😱 1
  • 🤨 1
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →