TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1723 2.75K
“Olmani olma derlar”. Olchani-chi?

Shevalarda biri oʻrnida boshqasi qoʻllanadigan va shu sababli bahslarga sabab boʻladigan soʻzlardan biri olcha va gilosdir. Bir joyda olcha oʻrnida gilos, boshqa joyda gilos oʻrnida olcha ishlatiladi. Yana bir hududda esa ikki soʻz oʻrnida umuman boʻlak soʻz qoʻllanishi mumkin.

Olcha va gilos bir oilaga mansub, yaqin qarindosh mevalar. Adabiy tilda ular quyidagicha farqlanadi:

Olcha mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, rangi och qizildan toʻq qizilgacha boʻladigan meva. Uni inglizlar sour cherry, ruslar vishnya deb ataydi.

Gilos shakli dumaloq, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis meva. U eng ertapishar danakli meva. May oyidayoq pishadigan gilos navlari bor. Uni inglizlar sweet cherry, ruslar chereshnya deb ataydi.

Olcha soʻzi olivoli shaklida ham ishlatiladi. “Boburnoma”da olu-bolu deyilgan.

Gilos soʻzi oʻrnida esa toshkent gilos, qoʻqon gilos soʻzlari ham ishlatiladi.

Togʻolcha degan meva turi ham bor. Uni baʼzi hududlarda olcha deb ham atashadi. Togʻolcha ruschada алыча, inglizchada cherry plum deyiladi. Shakli dumaloq, choʻzinchoq, rangi esa sariq, qizil, binafsharang yoki qora boʻladi.

Demak, olcha sal nordon va maydaroq meva. Gilos esa yirikroq va shirinroq. Adabiy tildagi maʼnoga koʻra, mana bu suratda gilos aks etgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →