TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2174 40K
Koʻcha nomlari va uy raqamlari qanday yoziladi?

Koʻcha nomlari tarkibida atoqli ot yoki turdosh ot qatnashganidan qatʼi nazar, bosh harfda va qoʻshtirnoqsiz yoziladi:

Abdulla Qodiriy koʻchasi, Mustaqillik shohkoʻchasi, Navroʻz koʻchasi, Uylanish koʻchasi.

Koʻcha nomidagi turdosh ot birdan ortiq soʻzdan iborat boʻlsa, faqat birinchi soʻz bosh harfda yoziladi:

Sharq tongi koʻchasi, Bahor nafasi koʻchasi, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi.

Oddiy uy raqamlarini yozishda muammo yoʻq: 14-uy, 30-uy kabi. Lekin qoʻshimcha harfiy belgiga ega raqamlarni yozishda chalkashliklar bor. Mantiqqa koʻra, raqamdan keyin kichik harf bilan yozgan toʻgʻri, joy ham tashlamaslik kerak: 14a-uy, 30b-uy kabi. Nega bu shakl toʻgʻri? Chunki harf bir xil raqamli ikki uyni farqlash uchun qoʻshilyapti xolos. Belgini bosh harfda yozishga ham, qoʻshtirnoqqa olishga ham ehtiyoj yoʻq.

Lekin amaliyotda 14A-uy, 14-A, 14-“A” uy kabi variantlar ham uchrab turadi. Birinchisiga chidasa boʻladi. Koʻzga yaxshi tashlanishi uchun bosh harf bilan yozilyapti deyish mumkin. Lekin ikkinchisi xato. Chunki -inchi qoʻshimchasini ifodalaydigan chiziqcha uy soʻzidan oldin qoʻyilishi kerak. Axir raqam va harf uyning tartibini ifodalayapti-ku. Qoʻshtirnoqqa ham hojat yoʻq.

❗️ Bunday qoida “Toshkent shahrida joylashgan shaxsiy va koʻp qavatli uy-joylar, maʼmuriy, madaniy va maishiy binolarni tartibli raqamlash va koʻcha koʻrsatkichlarini oʻrnatish tartibi”da ham belgilab qoʻyilgan ekan. Toʻgʻri, faqat Toshkent shahri uchun, lekin boshqa hududlarga ham tatbiq qilsa boʻladi:

Koʻcha yoʻnalishidagi uy-joy va maʼmuriy binolar oraligʻida paydo boʻlgan yangi inshootga yondosh binoning tartib raqamidan kelib chiqib, misol tariqasida 1a, 1b, 1v, 1g shaklda harflanadi yoki 1/1, 1/2, 1/3,1/4 koʻrinishda droblanadi.

📌 Demak:

Abdulla Qodiriy koʻchasi, Mustaqillik shohkoʻchasi, 1a-uy ✅

“Abdulla Qodiriy” koʻchasi, “Mustaqillik” shohkoʻchasi, “Mustaqillik” shoh koʻchasi, 1-A uy, 1-“A” uy ❌

Mavzu aloqador:
👉 Manzil qanday yoziladi?
👉 MFY va QFYlar nomi qanday yozilishi kerak?
👉 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 20
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →