TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1064 3.95K
​Manzil qanday yoziladi?

Manzillarni yozishda eng koʻp uchraydigan xato – joy va koʻchalar nomi orasiga vergul qoʻyish. Faqat bir holatda – pochta manzilini berishdagina vergul qoʻyish oʻrinli:

100000. Toshkent sh.,
Hamid Olimjon koʻchasi,
5-uy,18-xonadon.


Manzilni bu tartibda berish pochta joʻnatmalari, blankalar, shartnomalar va bank hisob-kitoblarida ishlatiladi.

Pochta va telegraf manzili Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta qoidalari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, yaʼni aloqa boʻlimi raqami, respublika, oʻlka, viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy yoki ofis raqami qoʻyiladi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi misolda pochta indeksidan keyin nuqta qoʻyilgan, boshqa oʻrinlarda esa vergul ishlatilgan. Indeksdan keyin vergul qoʻyish ham mumkin.

Mabodo koʻzingiz tushgan boʻlsa, Yevropa mamlakatlarida bunga teskari usuldan foydalaniladi. Bizda manzil “kattadan kichikka” tamoyili boʻyicha, yaʼni oldin respublika, keyin viloyat, tuman, koʻcha yozilsa, xalqaro joʻnatmalarda “kichikdan kattaga” uslubi amal qiladi – oldin koʻcha, keyin shahar yoki tuman, viloyat, respublika yoziladi. Menimcha, bu shakl bizga sobiq Ittifoqdan meros. “Kattadan kichikka” tartibi Rossiyada 2005 yili bekor qilinib, manzillarni xalqaro standart boʻyicha yozishga oʻtilgan. Biz ham dunyo standartiga moslashib olsak, yaxshi boʻlardi.

Davomi bor...

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →