Manzil qanday yoziladi?
Davomi. Boshlanishi bu yerda.
Joy va koʻcha nomlari jumla ichida, boshqa soʻz va iboralarga bogʻlanib kelganda vergul ishlatilmaydi. Nomlar “kattadan kichikka” tamoyili asosida beriladi. Masalan:
Men Toshkent shahri Hamid Olimjon koʻchasi 5-uy 18-xonadonda yashayman.
Toshkent shahri Hamid Olimjon koʻchasi 5-uy 18-xonadonda yashovchi fuqaro.
Ogahiy koʻchasi 42-uyda yashovchi K. I. Alimovdan ariza.
Qahramonimiz Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miraki qishlogʻida tugʻilgan.
Bu kabi oʻrinlarda joy va koʻcha nomlari orasida vergul ishlatish xatodir. Nega? Chunki bu jumla va birikmalar tarkibida koʻrinmas -ning va -dagi qoʻshimchalari bor. Ular gʻalizlikni ketkazish va jumla ravonligini taʼminlash uchun tushirib qoldirilgan:
Men Toshkent shahri[ning] Hamid Olimjon koʻchasi[dagi] 5-uy[dagi] 18-xonadonda yashayman.
Koʻp qavatli uydagi xonadon koʻrsatilganda uydan keyin vergul qoʻyilgan holatlar tez-tez koʻzga tashlanadi. “Davlat tilida ish yuritish” kitobida bunday oʻrinlar vergulli ham, vergulsiz ham berilgan. Menimcha, vergulsiz variant toʻgʻriroq. Gapda zarurat boʻlmasa, tinish belgisini ishlatmagan maʼqul. Tushunarlilikni kamaytiradi.
Davomi bor...
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1076
4.24K