Manzil qanday yoziladi?
Davomi. Boshlanishi bu yerda.
Hozir jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob yozmaydigan tashkilot topilmasa kerak. Xoʻsh, bunda manzillar qanday yoziladi? “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasiga koʻra, hujjatni fuqarolarga joʻnatganda oldin pochta manzili, keyin ismi va otaismi (bosh harflari), familiyasi yoziladi:
100000. Toshkent sh.,
Hamid Olimjon koʻchasi,
5-uy, 18-xonadon.
T. A. Ahmadovga
Garchi qoʻllanmada koʻrsatilmagan boʻlsa-da, boshqa misollarga qarab, qiyos usulida xulosa qilish mumkin: hujjatni oluvchi jismoniy shaxs boʻlsa, xat matni boshidagi yoʻllanma-koʻrsatkichda manzil vergulsiz beriladi:
Toshkent shahri
Hamid Olimjon koʻchasi 11-uy
5-xonadonda yashovchi
T. A. Ahmadovga
Sizning vazirlikka 2021-yil 24-yanvarda yuborgan murojaatingiz oʻrganib chiqildi...
...
Davlat tashkilotlari oʻzaro yozishmalarda koʻpincha kuryer xizmatidan foydalanadi va odatda konvert ustiga manzil yozishmaydi. Tashkilot nomi va mutasaddi shaxs koʻrsatiladi, xolos.
Tashkilot va muassasalarga xat joʻnatatganda manzil konvert ustiga mana bu namunadagi shaklda yoziladi:
Qayerga
Toshkent shahri, 83
Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy
Kimga
“Maʼrifat” gazetasi
tahririyatiga
Toshkent shahridan keyin kelgan 83 aloqa boʻlimi raqamini anglatadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1083
3.9K