Axir: vergul kerak emas
Koʻp tarqalgan xatolardan biri axir soʻzi bilan vergul ishlatishdir. Axir ravish va yuklama boʻlib kelishi mumkin. Har ikki holatda ham vergul ishlatilmaydi:
1️⃣ Ravish boʻlib kelganda oxiri, pirovardida, nihoyat maʼnolarini anglatadi. Soʻzning axiyri, axiri koʻrinishlari ham bor. Koʻproq axiyri shakli ishlatiladi:
Axir boʻlmadi. Axir koʻndi.
Axiyri oktyabr oyi ham tugadi.
M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
2️⃣ Yuklama boʻlib kelganda maʼnoni kuchaytirish va taʼkidlashga xizmat qiladi:
Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon!
M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
📌 Demak,
Axiyri rozi boʻldi. Axir zotingga tortasan. ✅
Axiyri, rozi boʻldi. Axir, zotingga tortasan. ❌
Axir bu oddiy narsa-ku! Tushuning axir! ✅
Axir, bu oddiy narsa-ku! Tushuning, axir! ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1038
4.82K
- 👍 2