TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1199 7.09K
MFY va QFYlar nomi qanday yozilishi kerak?

“Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga koʻra, joy, korxona, tashkilot nomlari bosh harf bilan yoziladi. Qoidalarda mahalla, qishloq yoki ovul fuqarolar yigʻini nomi qanday yozilishi haqida aniq koʻrsatma yoʻq. Ammo mavjud koʻrsatma va qoidalarga tayangan holda bu masalani hal etish mumkin.

Joy nomlari, jumladan, qishloq va mahallalar nomi bosh harf bilan, qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Qumbosti qishlogʻi, Katta Qashqar qishlogʻi, Yangihayot qishlogʻi, Yoyilma mahallasi, Quruvchilar mahallasi, Alixontoʻra Sogʻuniy mahallasi.

Ammo mahalla fuqarolar yigʻini mahalla emas, u – tashkilot, oʻzini oʻzi boshqarish organi. Qishloq yoki ovul fuqarolar yigʻini ham qishloq yoki ovul emas, tashkilot. Shu sababli ularni yozishda boshqa qoidaga tayanamiz.

Imlo qoidalariga koʻra, madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va sanʼat asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga qoʻyilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi va qoʻshtirnoq bilan yoziladi.

Qoidalarda jamoat birlashmalari nomi alohida koʻrsatilmagan, korxonalar qayd etilgan, xolos. Lekin misollarda xayriya jamgʻarmasi (“Navroʻz”) nomi ham keltirilgan. Demak, alohida nomga ega boʻlsa, tashkilot va birlashmalar nomi ham qoʻshtirnoqda yoziladi.

Tashkilotga qoʻshimcha nom berilmagan holatlarda esa qoʻshtirnoq ishlatilmaydi.

Yuqoridagilardan xulosa: MFY va QFYlar tashkilot boʻlgani va ularga alohida nom berilgani sababli ularning nomi bosh harfda va qoʻshtirnoq ichida yoziladi:

“Iqbol” mahalla fuqarolar yigʻini, “Oltin vodiy” qishloq fuqarolar yigʻini.

📌 Demak:

“Mirishkor” MFY, “Kenagas” QFY, Mirishkor mahallasi, Kenagas qishlogʻi ✅

Mirishkor MFY, Kenagas QFY, “Mirishkor” mahallasi, “Kenagas” qishlogʻi ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →