TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2019 30K
Ismi sharif: “sharif” nima?

Ismi sharif – izofali birikma. Dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, adoyi tamom, shahri azim kabilar izofali birikmalardir. Forsiy izofalarda oldin ot, keyin sifat keladi, oʻzbekchada buning teskarisi. Solishtiring: shahri azim – azim shahar, dardi bedavo – davosiz dard.

Ismi sharif birikmasi tarkibidigi ism shaxsiy nomni bildiradi. Sharif soʻzi arab tilidan kirgan, oʻzbekchada muqaddas, aziz; tabarruk maʼnolarida qoʻllanadi. Ismi sharif – aziz ism, tabarruk ism degani:

Menkim, Margʻilon hokimi Oʻtabboy qushbegi, oʻz hukmimni xoqon ibn xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshittiraman.
A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

❗️ Bu birikma koʻpincha ism-familiya, ismi va familiyasi yoki ismi va otaismi maʼnosida qoʻllanadi. Lekin bu – xato. Chunki sharif soʻzining familiya yoki otaism degan maʼnosi yoʻq. Bu xato shunchalik ommalashib ketganidan hatto qonunlar tiliga ham koʻchib oʻtgan. Ruscha otchestvo soʻzini oʻzbek tilida otaism soʻzi ifodalaydi. Ayni shakldagi soʻz lugʻatlarimizga endi kirdi. Oldin ota ismi, otasining ismi, ota oti, otasining oti kabi birikmalardan foydalanilgan.

Sharif soʻzini otaism oʻrnida qoʻllash gʻalati mashhurga aylanib boʻldi, shu maʼnoda qoʻllayveraylik, desak, bu lugʻatlarda ham aks etishi kerak. Hozircha izohli lugʻatda soʻz bunday maʼnoda izohlanmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, FIO qisqartmasi oʻrnida FISH qisqartmasini ishlatish ham xato.

📌 Demak:

Ismi sharif ✅
Ismi-sharif, ism-sharif ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 55
  • 🤩 4
  • 🔥 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →