TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1767 4.78K
F. I. O. mi yoki FIO?

#Soʻragan_edingiz

Koʻpincha turli maʼlumotnoma va jadvallarda familiyasi, ismi, otaismi soʻzlari qisqartirib beriladi. Uni qay shaklda yozish toʻgʻri?

Bu borada aniq qoida yoʻq. Lekin mantiqiy javob topish mumkin.

Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarida koʻrsatilishicha, A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev kabilarda ismning va otaismning birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi. Shuningdek, v. b. (va boshqalar), sh. k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi soʻzdan ajratib koʻchirilmaydi.

F. I. O. qisqartmasi TTA, AES, XDP, AQSH, BMT kabi soʻzlarga oʻxshash qisqartma soʻz emas, harfiy qisqartma. Chunki u alohida soʻz sanalmaydi. Qisqartma soʻzlar esa yangi soʻz sanaladi va matnda mustaqil qoʻllana oladi. F. I. O. mohiyatan в. б., ш. к. qisqartmalari bilan bir xil. Demak, uni ham nuqta bilan yozish toʻgʻri boʻladi.

Imlo qoidalarida berilgan misolda v. b. va sh. k. qisqartirishlarida nuqtadan keyin boʻsh joy tashlanmabdi. Aslida boʻsh joy boʻlishi kerak. Chunki matn ichida qoʻllangan tinish belgilari odatda oʻzidan keyin bitta boʻsh joy talab qiladi.

F. I. O. harfiy qisqartmasini v. b. va sh. k. singari kichik harflarda ham yozish mumkin: f. i. o. Ammo bosh harf bilan yozgan afzal. Chunki bu qisqartmalar bosh harf bilan yoziluvchi soʻzlarga ishora qiladi, ism, familiya va otaismi har doim bosh harf bilan yoziladi.

Qisqartirishni nuqtasiz FIO shaklida yozish ham mumkin. Lekin F. I. O. qoidaga mosroq.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →