TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1895 9.61K
​Izofali birikmalar imlosi

Izofali birikmalar qanday yozilishi haqida oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarida aniq qoida bor. Lekin u lotin alifbosiga xoslangan:

👉 Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan soʻzlarga -i shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga -yi shaklida qoʻshiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan soʻzlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan soʻzlar qoʻshib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.

Unli bilan tugagan soʻzlarga izofa qoʻshilishi masalasida kiril yozuvi imlosida aniq tartib yoʻq, birda unday, birda bunday: tarjimai hol, adoyi tamom, nuqtai nazar, baloyi azim, aʼzoyi badan, rasvoyi jahon.

Imlo lugʻati prinsipiga tayanadigan boʻlsak, o bilan tugagan soʻzlarga izofa kiril imlosida ham -yi shaklida qoʻshiladi. Biroq izohli lugʻat va milliy ensiklopediyada bu prinsipga boʻysunmagan. Sahroyi Kabir, duoyi jon, rasvoyi jahon tarzida berilgan oʻrinlar bor. Lekin hamma yerda ham emas. Bu soʻzlar boshqa joylarda -yi bilan yozilgan. Menimcha, bu holatda -yi shaklida qoʻllagan toʻgʻri: Sahroyi Kabir, duoyi jon, rasvoyi jahon.

Izofa yozilmaydigan soʻzlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan soʻzlar kiril imlosida ham qoʻshib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.

📖 Alifbo tezroq isloh qilinib, imlo qoidalari mukammalroq koʻrinishga kelsa, bu kabi muammolar ham yoʻqolardi.

📌 Demak:

Tarjimayi hol, adoyi tamom, nuqtayi nazar, rasvoyi jahon, duoyi bad ✅
Tarjimayi hol, adoyi tamom, nuqtayi nazar, rasvoyi jahon, duoyi bad ✅

Tarjimayi hol, adoyi tamom, nuqtayi nazar, rasvoyi jahon, duoyi bad ❌
Tarjimai hol, adoi tamom, nuqtai nazar, rasvoi jahon, duoi bad ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →