TGViewer
Channel Public Channel
ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi

ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi

@oneidchannel

Qo’llab quvvatlash raqami: 📞1242

• Tizim yangiliklari;
• texnik ishlar va rejalashtirilgan uzilishlar;
• yangi integratsiyalar;
• xizmatlardan foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar;
• davlat va nodavlat tashkilotlar uchun
Subscribers
895
Photos
40
Videos
12
Links
29
Recent Posts 13 shown
Post #144 297

Forwarded from my.gov.uz

❗️ Telefon raqamingizni almashtirdingizmi? ONEID’dagi ma’lumotlarni ham yangilashni unutmang!

📱 Ko‘pchilik telefon raqamini almashtirganda bank ilovalari va messenjerlardagi ma’lumotlarini yangilaydi. Ammo birinchi galda OneID akkauntiga bog‘langan raqamni o'zgartirish kerakligini unutadi.
Bu nima uchun muhim? Chunki telefon raqami login yoki parolni tiklashda, shuningdek, tasdiqlash kodlarini olishda kerak bo‘lishi mumkin.

👉 AGAR ESKI RAQAMINGIZ HALI ISHLAYOTGAN BO‘LSA:
🗄 OneID tizimiga kiring: id.egov.uz
🗄 Login va parolingiz orqali shaxsiy kabinetingizga o'ting.
🗄 Shaxsiy ma’lumotlar yoki sozlamalar bo‘limidan telefon raqamini o‘zgartirish imkoniyatini izlang.
🗄 Tizim ko‘rsatmalariga muvofiq yangi raqamni kiriting va o‘zgarishni tasdiqlang.
🗄 O‘zgarish saqlanganini tekshiring.

❓ Agar eski raqamingiz ishlamasa yoki unga kira olmasangiz-chi?
💬 Bunday vaziyatda raqamni oddiy tartibda o‘zgartirish yoki parolni tiklash imkoni bo‘lmasligi mumkin.
▪️ Agar akkauntingizga kira olsangiz, shaxsiy ma’lumotlarni yangilash imkoniyatini tekshiring.
▪️ Akkauntga kira olmasangiz, OneID texnik yordam xizmatiga (1242) murojaat qiling va telefon raqamingiz o‘zgarganini tushuntiring.
▪️ Shaxsingizni tasdiqlash uchun so‘raladigan ma’lumotlarni faqat rasmiy kanal orqali taqdim eting.

Yana bir muhim jihat: yangi raqam o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish va tiklashda foydalanuvchining o‘ziga tegishli raqamdan foydalanish talablari qo‘llanishi mumkin.


📲 SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini boshqa shaxsga bermang. O‘zini texnik yordam xodimi deb tanishtirgan odamga ham maxfiy kodni aytmang.

📱 Telefon raqamini almashtirganingizda, OneID’dagi bog‘langan raqamni ham tekshiring. Bu kelajakda shaxsiy kabinetingizga kirish va uni tiklashda muammolarning oldini olishga yordam beradi.

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • ❤ 2
  • 👍 2
Post #143 690

Forwarded from Digital.uz

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing!

🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #142 1.34K
✏️Hurmatli ustoz va murabbiylar!

🌎Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona identifikatsiya tizimi — OneID xodimlari nomidan Sizni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Bugun fuqarolarga xizmat qilayotgan har bir raqamli yechim ortida ustoz bergan bilim, shakllantirgan tafakkur va singdirgan mas’uliyat mujassam. Siz o‘rgatgan aniqlik, halollik va izlanish bizning faoliyatimizda insonlar ishonchini qadrlash, ularning vaqtini tejash va qulay xizmatlar yaratishga asos bo‘lmoqda.

OneID raqamli makonda insonning shaxsini tasdiqlasa, Sizning ta’lim va tarbiyangiz uning hayotda o‘z o‘rnini topishiga yo‘l ochadi. Raqamli kelajak poydevoriga qo‘shayotgan bebaho hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

🏆Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik hamda shogirdlaringiz yutuqlaridan faxrlanish baxtini tilaymiz.

Yagona identifikatsiya tizimi-ONEID
  • ❤ 4
Post #137 1.51K
📍ICT WEEK Uzbekistan 2026: raqamli rivojlanishning yangi yo‘nalishlari

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT va raqamli texnologiyalar sohasining muhim yo‘nalishlari — IT WOMEN CLUB, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, my.gov.uz, Yagona identifikatsiya tizimi — OneID, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va IT startaplari yagona maydonda jamlandi.

🔗Tadbir davomida davlat, biznes, xalqaro tashkilotlar, investorlar, startaplar va IT mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvi va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.

❗️ICT WEEK 2026dan olingan asosiy insaytlardan biri — raqamlashtirish endilikda faqat texnologik jarayon emas, balki davlat boshqaruvi va iqtisodiy rivojlanishning strategik yo‘nalishidir. Ayniqsa, sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishi, raqamli xizmatlarning integratsiyasi va kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, inson kapitali va innovatsion muhitni rivojlantirish raqamli transformatsiyaning muhim sharti ekanligi namoyon bo‘ldi. Xotin-qizlar, yoshlar, IT mutaxassislari va startaplar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar esa raqamli iqtisodiyotning yangi salohiyatini shakllantirmoqda.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 — texnologiyalar namoyishi bilan bir qatorda, raqamli kelajakni shakllantirish bo‘yicha g‘oyalar, tajriba va hamkorliklar birlashgan muhim platformadir.
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #136 1K

Forwarded from my.gov.uz

❗️Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz nazorat qiling!

📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Ma’lumotlarim xavfsiz joydami? Ulardan ruxsatsiz foydalanishmaydimi?"

🔐 OneID mobile ilovasi bilan bunday xavotirlarga o‘rin yo‘q! Ilovada ma’lumotlaringizni boshqarish tizimi xuddi "raqamli qulf" kabi ishlaydi:

⏺ Kerakli tashkilotga ma’lumot kerakmi? Ilovaga kiring va ruxsat bering.
⏺ Ishingiz bitdimi? "Qulf"ni darhol yoping!

💻 Face-ID (MyID) orqali tasdiqlash tizimi esa profilingizga faqat siz kira olishingizni kafolatlaydi.

✅ Xavfsizlikni tanlang, OneID Mobile ilovasi (GooglePlay yoki AppStore) ni yuklab oling!

▶️https://youtu.be/Zhs7K925das

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube OneID xavfsizligingiz o'z qo'lingizda https://id.egov.uz/oz
  • 👍 1
Post #134 954

Forwarded from e-gov.uz

▶️ Kelajak raqamli texnologiyalari CAEx majmuasida: Markaz stendidan reportaj!

🟡 ICT WEEK 2026 haftaligi yuqori saviyada boshlandi. Unda Raqamli hukumat markazi o‘z stendi bilan faol qatnashib, tashrif buyuruvchilarga eng so‘nggi raqamli yechimlar va loyihalarni taqdim etmoqda.

👉 Haftalikda markaz jamoasi bir qator muhim loyihalar:
⏺ MyGov portali va mobil ilovasi
⏺ One ID yagona identifikatsiya tizimi
⏺ Gap Club loyihasi
⏺ Digital Justice va Digital Tax ilovalarini namoyish qilmoqda.

💻 Haftalikning birinchi kuni juda qizg‘in va qiziqarli tadbirlarga boy o‘tdi. Markaz stendi oldida tashkil etilgan interaktiv taqdimotlar ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Tadbirlar ko‘lami va ahamiyati qanchalik yuqori ekaniga maxsus videoreportaj orqali o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

📍CAEx (Central Asian Expo) majmuasida joylashgan Raqamli hukumat markazi stendiga tashrif buyuring. Qiziqarli taqdimotlar va yangi loyihalar tanishuvi davom etmoqda!

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
  • 👍 1
Post #130 820
#ICTWeek2026

🔝Toshkent — texnologiyalar va raqamli kelajak markazida!

🌐ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligi “Land of Startups” shiori ostida davom etmoqda. Haftalik doirasida IT, innovatsiya, raqamli texnologiyalar va elektron hukumatning kelajagi muhokama qilinmoqda.

✨Ayniqsa, raqamli hukumat xizmatlari va yagona raqamli identifikatsiya tizimi — One ID zamonaviy raqamli ekotizimning muhim qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

🔐One ID — fuqarolarga turli raqamli xizmatlardan yagona akkaunt orqali foydalanish, shaxsini ishonchli tasdiqlash va raqamli xizmatlarga qulay hamda xavfsiz kirish imkonini beruvchi tizim.

🚀 ICT WEEK Uzbekistan 2026 — yangi texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar va raqamli yechimlar bilan yaqindan tanishish uchun katta imkoniyat.

📍Raqamli hukumat pavilioniga tashrif buyuring va Markamiz tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan tanishing!

#OneID #RaqamliHukumat #DigitalGovernment #ICTWeek2026 #LandOfStartups
  • 👍 1
Post #129 590

Forwarded from GAP | Women IT Club

✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da!

🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi -
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida o‘z loyihalari, tashabbuslari va yangi imkoniyatlarini taqdim etadi.

🧢23-sentabr | 10:00
“GAP bilan yangi imkoniyatlar sari”
GAP loyihalari bilan tanishtiruv seminari


Ishtirokchilar klubning asosiy yo‘nalishlari, hududiy faoliyati, ta’lim va karyera imkoniyatlari hamda kelgusi loyihalari bilan yaqindan tanishadilar.

🧢
24-sentabr | 11:30–13:30

Xotin-qizlar uchun
“Women Shaping the Startup Ecosystem”
forumi


Forum texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi xotin-qizlar, ekspertlar va startap asoschilarini bir maydonda birlashtiradi. Unda ayollarning startap ekotizimidagi o‘rni, g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.

Bu - yangi bilim, muhim aloqalar va katta imkoniyatlar sari qadam.

🏷ICT Week’da GAP bilan birga bo‘ling. Chunki texnologiyalar kelajagi xotin-qizlar ishtirokisiz to‘liq bo‘la olmaydi.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
  • 👍 1
Post #128 676
📢E’LON

Hurmatli ICT WEEK 2026 tadbiri ishtirokchilari!

Bugun soat 12:00 da CAEx hududida “One ID evolyutsiyasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar davomida One ID tizimining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy raqamli identifikatsiya imkoniyatlari hamda kelgusidagi istiqbollari haqida ma’lumot beriladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini Raqamli Hukumat paviloniga tashrif buyurishga taklif etamiz.

Pavilonda raqamli davlat xizmatlari, zamonaviy raqamli yechimlar va Raqamli Hukumat sohasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

📍Manzil: CAEx, Raqamli Hukumat paviloni
🕛 Seminar vaqti: 12:00
🎤Mavzu: “One ID evolyutsiyasi”

Barchangizni seminar va Raqamli Hukumat pavilonida kutib qolamiz!
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #126 951

Forwarded from e-gov.uz

❗️Sizda ijodiy g‘oya bor. Uni ko‘rsatishga va g‘olib bo‘lishga tayyormisiz?

🧑‍💻 Bugun raqamli texnologiyalar hayotimizni o‘zgartirmoqda. Davlat xizmatlaridan foydalanish osonlashmoqda, vaqt tejalmoqda, ortiqcha ovoragarchiliklar esa tobora kamaymoqda.

🔔 Aynan mana shu imkoniyatlarni boshqalarga qanday yetkazish — bu endi sizga bog‘liq!

▶️ ICT WEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida “Eng ijodiy targ‘ibotchi” qisqa videolar tanloviga taklif qilamiz.

🟡 Sizdan kutilgani — raqamli davlat xizmatlarini o‘z uslubingizda, ijodiy va kreativ tarzda namoyish etish.

🎙 30 dan 90 soniyagacha bo‘lgan videongiz orqali raqamli xizmatlar imkoniyatini ko‘rsating.

🎥  Kamera sizda. Gʻoya sizda. Imkoniyat esa — oldingizda.

🗣O‘z uslubingizni namoyon eting va “Eng ijodiy targ‘ibotchi” bo‘lishga harakat qiling!

👉 Tanlovda ishtirok etish shartlari va video yuborish tartibi — ushbu havolada.

▶️ https://youtube.com/shorts/qQ8N6Xdga-k?si=zAd94jAGGQ1ETaEF

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube Eng ijodiy targ‘ibotchi 24 sentabr soat 10:00
  • ❤ 6
Post #124 1.25K
📎Raqamli hukumat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida, Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali unutilgan login va parolni qayta tiklash jarayoni bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Parolni tiklash bir necha oddiy va xavfsiz bosqichlardan iborat:

1️⃣Tizimga kirish sahifasida joylashgan "Login yoki parol yodingizdan chiqdimi?" havolasini bosing.

2️⃣Ochilgan maxsus havolada o‘zingizning JShShIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) hamda tizimga oldindan biriktirilgan mobil telefon raqamingizni kiriting.

3️⃣“SMS yuborish" tugmasini bosganingizdan so'ng, telefon raqamingizga 6 xonali tasdiqlash kodi keladi. Ushbu kodni ekrandagi tegishli maydonga kiritib, "Qayta tiklash" tugmasini bosing.

4️⃣Ekrandagi "Kirish qayta tiklandi!" xabari jarayon muvaffaqiyatli o'tganini anglatadi. Sizning yangi login va parolingiz telefon raqamingizga SMS xabar orqali yuboriladi.

✅Yangi ma'lumotlar yordamida shaxsiy kabinetingizga xavfsiz tarzda kirishingiz va davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishda davom etishingiz mumkin.

❗Shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang!
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #121 991

Forwarded from GAP | Women IT Club

🌟Respublika bo‘ylab AT sohasida faol xotin-qizlar safi kengaymoqda

“GAP” xotin-qizlar AT klubi respublika bo‘ylab axborot texnologiyalari sohasida faol, tashabbuskor va o‘z hududi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni birlashtirmoqda.

📌Bugungi kunda klubning hududiy liderlari deyarli barcha hududlarda faoliyat olib bormoqda.

Agar siz Surxondaryo yoki Sirdaryo viloyatidan bo‘lsangiz va:

🟢o‘z hududingizda yangi AT loyihalarini amalga oshirishni istasangiz;

🟢liderlik va tashkilotchilik qobiliyatingizni namoyon etib, hududingizdagi xotin-qizlarni birlashtirishga tayyor bo‘lsangiz,
“GAP” xotin-qizlar AT klubi hududiy liderlari jamoasiga qo‘shiling.

Har bir hudud – yangi salohiyat.
Har bir tashabbus – yangi imkoniyat.
Har bir lider – hududdagi o‘zgarishlarning boshlanishi.

🔠Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ma’lumotlaringizni qoldiring.

🔗 HAVOLA

Telegram|Instagram|Youtube|LinkedIn
  • ❤ 4
Post #120 921

Forwarded from Digital.uz

👨‍💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda.

2004-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda.

🟢ICTWeek 2026: yanada katta ko‘lam va yangi imkoniyatlar

Joriy yilda esa ICTWeek yanada keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilmoqda. 50 dan ortiq mamlakatdan 25 mingdan ziyod ishtirokchi, 300 dan ortiq kompaniya va minglab potensial biznes vakillari tadbirda ishtirok etishi prognoz qilinmoqda.

Bu esa ICTWeek 2026’ni nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki biznes, investitsiya, startaplar va xalqaro hamkorlik uchun yirik maydonga aylantirishi kutilayotganidan dalolat beradi.

🟢Biznes va investorlar uchun yangi maydon

ICTWeek’ning muhim jihatlaridan biri — tadbirning texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan cheklanib qolmasligi. Hafta davomida B2B uchrashuvlar, investitsiyaviy muloqotlar, startaplar taqdimotlari, biznes uchrashuvlar va professional netvorking uchun imkoniyatlar yaratiladi.

🟢O‘zbekistonning raqamli salohiyati xalqaro maydonda

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AT sohasi jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

IT Park ekotizimining kengayishi, eksportga yo‘naltirilgan AT kompaniyalar sonining ortishi, startaplar uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi va raqamli davlat xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi salohiyatini oshirmoqda.

Shu jarayonda ICTWeek’ning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki tadbir mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb qilish hamda mahalliy AT kompaniyalarni global bozor bilan bog‘lash uchun muhim ko‘prik vazifasini bajaradi.

🟢Bir hafta — ko‘plab imkoniyatlar

ICTWeek’ni boshqa texnologik tadbirlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri — u birgina konferensiya yoki ko‘rgazma emas, balki bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradigan yaxlit texnologik hafta hisoblanadi.

Bu ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda qatnashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, ekspertlar fikrini eshitish, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorlik loyihalarini boshlash imkonini beradi.

🟢Texnologiyalar emas, imkoniyatlar haftaligi

Shunday sharoitda ICTWeek’ning vazifasi faqat yangi texnologiyalarni namoyish etish emas. Uning eng muhim vazifalaridan biri — texnologiyalarni insonlar, biznes va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish.
ICTWeek 2026 ham aynan shu maqsad atrofida davlat, biznes, investorlar va texnologik hamjamiyatni birlashtirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yangi g‘oyalar, yangi hamkorliklar va yangi loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda.

📌ICTWeek 2026’da ishtirok eting!

Toshkent, O‘zbekiston
22–25-sentabr, 2026 yil
CAEx
Ro‘yxatdan o‘tish
Tel.:+998 (55) 511 07 77


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/215037

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 2
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @oneidchannel without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi have?
ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi (@oneidchannel) has 895 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →