TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Digital.uz

Digital.uz

@mitcuz

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Subscribers
12.9K
Photos
22.2K
Videos
1.2K
Links
7.6K
Recent Posts 7 shown
Post #24694 865
🔘 Qoraqalpog‘istonning texnologik loyihalari vakillari o‘z ishlanmalarini taqdim etdi

🌲 IT Park Uzbekistan’ning Nukus filialida Qoraqalpog‘istonda rivojlanayotgan texnologik loyihalar vakillarining Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, ish natijalari haqida so‘zlab berdilar hamda loyihalarni yanada rivojlantirish va kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

🆙Uchrashuvda “Ordo Holding”, “Shartli.uz” va “SBA Prof” vakillari ishtirok etdi.

🆙 Jamoalar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mahsulotlarning hozirgi rivojlanish bosqichi va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdilar, shuningdek, o‘z yechimlarining funksional imkoniyatlarini namoyish etdilar. Loyihalarni yanada rivojlantirish, foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/222410

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24693 808

Forwarded from Sherzod Shermatov

Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganlar, albatta, ertadan boshlab ICT Week tadbirlarida ishtirok eting!

Hurmatli Prezidentimiz doim ta’kidlaganlaridek bizning eng katta boyligimiz bu inson kapitali, shijoatli yoshlarimizdir. Hozir ularning g‘oyalarini startapga aylantirib, kelgusida dunyo darajasigacha chiqishiga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Shuning uchun bu yilgi AKT Haftaligining asosiy e’tibori aynan startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratiladi.

Sun’iy Intellekt (SI) rivojlanishi startap qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SI yordamida MVP yaratish juda oson bo‘lib bormoqda. O‘z g‘oyangizni rivojlantirish uchun boshqa startap ekotizimi ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish va tajriba almashish juda muhimligini inobatga olib, albatta, ICT Weekda qatnashing! 

Startaplarga investitsiya kiritish orqali, juda yaxshi daromad topish mumkinligidan ko‘pchilikni xabari yo‘q xali. Qiziqarli va kelajagi porloq startaplarga vaqtliroq investitsiya kiritish orqali yuqori daromadga ega bo‘lish istagidagi sarmoyadorlar uchun ham ICT Weekda qatnashish juda foydali bo‘ladi.


📍CAEx Uzbekistan
🗓 22–25-sentabr.

🤩Ro‘yxatdan o‘ting

🚍 CAEx Uzbekistan’ga bepul transport jadvali
Post #24690 1.24K
🔠 Vazir Nukusdagi “Aral Hub” faoliyati bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Aral Hub” kompaniyasining bosh ofisida bo‘ldi.

📌 Tashrif chog‘ida vazir kompaniya mutaxassislari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ish infratuzilmasi va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda “Aral Hub” jamoasi tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli AT-loyihalar, ularning texnik imkoniyatlari hamda erishilgan natijalar atroflicha namoyish etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/222390

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24689 4.12K
❗️“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi!
 
Mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng kutilgan va yirik tadbiri — “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” AKT haftaligi boshlanishiga bor-yo‘g‘i 1 kun qoldi!

📌Yigirma ikki yil davomida ushbu nufuzli tadbir milliy va xalqaro miqyosda raqamli transformatsiya, yangi AT-tashabbuslar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilishning asosiy muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.

🔠Ertaga yurtimiz hamda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan yetakchi AT-kompaniyalar vakillari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari mutasaddilari va soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lishadi.
 
Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?

➖Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari;
➖Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti;
ICT Expo — zamonaviy ishlanmalar, mahsulot va xizmatlar namoyish etiladigan keng ko‘lamli ko‘rgazma.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!

🟣Tadbirda ishtirok etish va ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul bo‘lib, rasmiy veb-sayt orqali bir necha daqiqada amalga oshiriladi:
 
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

🚌 Tashrif buyuruvchilar uchun maxsus bepul avtobus (shatl) yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
 
Ishtirokchilar va mehmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida tadbir o‘tkaziladigan asosiy ko‘rgazma majmuasigacha maxsus bepul avtobus qatnovlari tashkil etildi:

Shahar → CAEx

birinchi avtobus — soat 08:00 da;
keyingi avtobuslar — har soatda;
so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.

CAEx → shahar

so‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.



➡️ Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:

IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;

“O‘zbekiston” mehmonxonasi;

Janubiy vokzal;

“Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati / Dog‘iston ko‘chasi.
 
😉Tarixga va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lgan 22 yillik yo‘lning yangi bosqichida biz bilan bo‘ling! Ertaga “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” maydonlarida ko‘rishguncha!

Dastur

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24686 2.25K
📣 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi

🔠Joriy yilning 24-sentabr kuni ICTWeek AKT haftaligi doirasida “Women Shaping the Startup Ecosystem: Qiyinchiliklardan natijaga” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tadi.

🔰 Forum xotin-qizlarning startap ekotizimidagi o‘rnini kuchaytirish, texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt asosidagi yechimlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbir doirasida yetakchi spikerlar ishtirokida “Women, Tech & Startups” mavzusidagi panel muhokamasi hamda “Create Your AI Assistant” amaliy vorkshopi o‘tkaziladi.


📌Panel muhokamasida texnologiyalar, tadbirkorlik va investitsiya sohalarida faoliyat yuritayotgan ekspert ayollar o‘z tajriba va qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.

Amaliy vorkshopda esa ishtirokchilar o‘z shaxsiy sun’iy intellekt-yordamchisini yaratishni real vaqtda o‘rganadilar!

📍CAEx Uzbekistan
🗓 24-sentabr, 11:30–13:30

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24685 2.06K
National AI Hackathon | Xorazm | Final

📣 National AI Hackathonning Xorazm viloyat bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi!

Final bosqichida ishtirokchilar o‘z bilimlari, kreativ fikrlashi, texnologik salohiyati va eng muhimi - o‘z g‘oyalariga bo‘lgan ishonchini namoyish etdilar.

🏆 Final natijalari:

Tadbirkorlik yo‘nalishi:
🥇 Tricorp
🥈 DNK Code
🥉 Codexa

Ta’lim yo‘nalishi:
🥇 Fractal
🥈 Minions
🥉 Tadbirkor AI

Tibbiyot yo‘nalishi:
🥇 Avicenna
🥈 Avilab
🥉 100x Devs

🗣️Qo‘shimcha nominatsiyalar:
Eng qiziqarli taqdimot: Silicon
Ijtimoiy dolzarb loyiha: Engineers

Xorazm viloyatida bir bosqich yakunlandi. Ammo National AI Hackathonning katta yo‘li davom etadi. 🚀

📍 Keyingi manzil - Namangan!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24676 5.28K
🌟 Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi

🔘 Bugun, 20-sentabr kuni Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona, Guliston shaharlari hamda Mirzacho‘l, Zomin tumanlarida 18 mingdan ziyod o‘quvchi-yosh “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olish uchun saralash imtihonlarida ishtirok etdi.

✅Saralash imtihonlarida yoshlarning mantiqiy fikrlash, AT va ingliz tili bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib, zamonaviy AT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi yosh avlodning aniq fanlar va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodli o‘quvchilarni erta aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

⚡️Taʼkidlash joizki, bugun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan minglab yoshlar ertangi kunning dasturchi-muhandislari va texnologik taraqqiyot peshqadamlari bo‘lib yetishadi.

⏺Saralash imtihonlari natijasi 5 kun davomida eʼlon qilinadi. So‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun ushbu kanalni kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Older posts →

About this channel

How can I read @mitcuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Digital.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Digital.uz have?
Digital.uz (@mitcuz) has 12.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Digital.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →