🔠 Vazir Nukusdagi “Aral Hub” faoliyati bilan tanishdi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Aral Hub” kompaniyasining bosh ofisida bo‘ldi.
📌 Tashrif chog‘ida vazir kompaniya mutaxassislari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ish infratuzilmasi va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda “Aral Hub” jamoasi tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli AT-loyihalar, ularning texnik imkoniyatlari hamda erishilgan natijalar atroflicha namoyish etildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/222390
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24690
1.95K


