🚀 “O‘zbekiston — startaplar yurti”: 50 dan ortiq founder ICT WEEK sahnasida
ICT WEEK Uzbekistan 2026 ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 50 dan ortiq o‘zbekistonlik startapchini sahnaga taklif qilib, xalqaro investorlarga murojaat qildi.
🇺🇿 Vazir O‘zbekistonni “startaplar yurti”ga aylantirish maqsadini ta’kidlab, investorlarni mamlakatning yosh texnologik kompaniyalari rivojlanishining ilk bosqichidanoq ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lishga chaqirdi.
💬 “Bu startaplarning unicorn’ga aylanish ehtimoli juda yuqori. Ularga ilk bosqichda investitsiya kiritsangiz, kelajakdagi unicorn’larning investorlaridan biriga aylanishingiz mumkin”, — dedi Sherzod Shermatov.
🚀 Marosimda yangi Startup Base platformasiga rasman start berildi. Sherzod Shermatov va startap ekotizimi ishtirokchilari ramziy tugmani birgalikda bosib, platformani ishga tushirdi.
@startupbaseuz
📲 Ochilish marosimini jonli efirda kuzatib boring!
🔦 Youtube
💙 Facebook
😀 Telegram
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24712
2.2K



