TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #24760 2.7K
O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

▶️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICPC Foundation prezidenti Uilyam Pucher bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️Uchrashuvda O‘zbekistonda dasturlash musobaqalari ekotizimini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning nufuzli xalqaro dasturlash musobaqalaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

ICPC — dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasi hisoblanadi. Musobaqada 70 mingdan ortiq talaba va 4 mingdan ziyod universitet ishtirok etadi. Uning Jahon finalida esa 140 ta universitet jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.

✅Muloqot davomida O‘zbekistonning ICPC bilan hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, ICPC Jahon finalini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi. Bunday xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mamlakatning global texnologik hamjamiyat bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy yoshlar salohiyatini namoyon etish va dasturlash sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/223170

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 23, 2026✨ICT WEEK 2026: xalqaro ekspertlar sun’iy intellekt etikasi va mas’uliyatli boshqaruv masa…
  2. Sep 23, 2026🔦 Uzbek–Japan Digital Community Forum”dan videolavha Forum O‘zbekiston va Yaponiyaning da…
  3. Sep 23, 2026Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiy…
  4. Sep 23, 2026💬 “Global Startup Ecosystem Awards 2026” ilk bor O‘zbekistonda oflayn formatda o‘tkazilmo…
  5. Sep 23, 2026Live stream finished (1 hour)
  6. Sep 23, 2026⭕️ “ICTWeek Uzbekistan – 2026” AKT haftaligi doirasida tashkil qilingan “Start up & Ventur…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →