TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #24808 1K
ICT WEEK 2026: xalqaro ekspertlar sun’iy intellekt etikasi va mas’uliyatli boshqaruv masalalarini muhokama qildi

🟢 “ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” doirasida YUNESKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ilmiy doiralar, texnologiyalarni boshqarish sohasi va mintaqaviy tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.

Forumda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. U sun’iy intellektni keng joriy etishda aniq qoidalar, jamoatchilik ishonchi va texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish muhimligini ta’kidladi.

“Mas’uliyatli sun’iy intellekt kelajagini shakllantirish” mavzusidagi panel sessiyasida Fransiya, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon va Qozog‘istondan sun’iy intellekt etikasi, texnologiyalarni boshqarish va raqamli siyosat bo‘yicha xalqaro ekspertlar, shuningdek, Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik vakili ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/223545

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 23, 2026Prezidentimiz yosh startapchilar bilan uchrashdi. — Президент нашей страны встретился с мо…
  2. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyuri…
  3. Sep 23, 2026🔦 Uzbek–Japan Digital Community Forum”dan videolavha Forum O‘zbekiston va Yaponiyaning da…
  4. Sep 23, 2026Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →