TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #24800 1.58K
💬 “Global Startup Ecosystem Awards 2026” ilk bor O‘zbekistonda oflayn formatda o‘tkazilmoqda

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida “Global Startup Ecosystem Awards 2026”taqdirlash marosimi boshlandi. StartupBlink va IT Park Uzbekistan hamkorligida tashkil etilgan tadbir tarixda ilk bor oflayn formatda o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston uning birinchi mezbon mamlakati bo‘ldi. Avvalgi yillarda marosim faqat onlayn shaklda tashkil etilgan edi.

Global Startup Ecosystem Awards — StartupBlink’ning Global Startup Ecosystem Index natijalari asosida yuqori o‘sish sur’atlari, yetakchilik va innovatsion salohiyat namoyish etgan shaharlar, mamlakatlar va hududlarni e’tirof etishga qaratilgan xalqaro tadbir.

Marosimda StartupBlink reytingida yuqori natijalarga erishgan ekotizimlar taqdirlandi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar, davlat tashkilotlari va startap ekotizimi vakillari ishtirokida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli xalqaro tajribalar, davlat va xususiy sektor hamkorligi hamda tez rivojlanayotgan texnologik markazlarning yondashuvlari muhokama qilinadi.

📲 Tadbirni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

🔦 Youtube

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 23, 2026“ICT Week Uzbekistan 2026” doirasida tashkil etilgan “Startaplar mamlakati uchun aqlli kor…
  2. Sep 23, 2026Prezidentimiz yosh startapchilar bilan uchrashdi. — Президент нашей страны встретился с мо…
  3. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyuri…
  4. Sep 23, 2026✨ICT WEEK 2026: xalqaro ekspertlar sun’iy intellekt etikasi va mas’uliyatli boshqaruv masa…
  5. Sep 23, 2026🔦 Uzbek–Japan Digital Community Forum”dan videolavha Forum O‘zbekiston va Yaponiyaning da…
  6. Sep 23, 2026Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →