🔠Joriy yilning 24-sentabr kuni ICTWeek AKT haftaligi doirasida “Women Shaping the Startup Ecosystem: Qiyinchiliklardan natijaga” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tadi.
🔰 Forum xotin-qizlarning startap ekotizimidagi o‘rnini kuchaytirish, texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt asosidagi yechimlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbir doirasida yetakchi spikerlar ishtirokida “Women, Tech & Startups” mavzusidagi panel muhokamasi hamda “Create Your AI Assistant” amaliy vorkshopi o‘tkaziladi.
📌Panel muhokamasida texnologiyalar, tadbirkorlik va investitsiya sohalarida faoliyat yuritayotgan ekspert ayollar o‘z tajriba va qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.
Amaliy vorkshopda esa ishtirokchilar o‘z shaxsiy sun’iy intellekt-yordamchisini yaratishni real vaqtda o‘rganadilar!
📍CAEx Uzbekistan
🗓 24-sentabr, 11:30–13:30
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
