TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 12.9K subscribers
Post #24689 4K
❗️“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi!
 
Mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng kutilgan va yirik tadbiri — “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” AKT haftaligi boshlanishiga bor-yo‘g‘i 1 kun qoldi!

📌Yigirma ikki yil davomida ushbu nufuzli tadbir milliy va xalqaro miqyosda raqamli transformatsiya, yangi AT-tashabbuslar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilishning asosiy muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.

🔠Ertaga yurtimiz hamda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan yetakchi AT-kompaniyalar vakillari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari mutasaddilari va soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lishadi.
 
Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?

➖Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari;
➖Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti;
ICT Expo — zamonaviy ishlanmalar, mahsulot va xizmatlar namoyish etiladigan keng ko‘lamli ko‘rgazma.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!

🟣Tadbirda ishtirok etish va ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul bo‘lib, rasmiy veb-sayt orqali bir necha daqiqada amalga oshiriladi:
 
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

🚌 Tashrif buyuruvchilar uchun maxsus bepul avtobus (shatl) yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
 
Ishtirokchilar va mehmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida tadbir o‘tkaziladigan asosiy ko‘rgazma majmuasigacha maxsus bepul avtobus qatnovlari tashkil etildi:

Shahar → CAEx

birinchi avtobus — soat 08:00 da;
keyingi avtobuslar — har soatda;
so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.

CAEx → shahar

so‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.



➡️ Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:

IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;

“O‘zbekiston” mehmonxonasi;

Janubiy vokzal;

“Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati / Dog‘iston ko‘chasi.
 
😉Tarixga va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lgan 22 yillik yo‘lning yangi bosqichida biz bilan bo‘ling! Ertaga “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” maydonlarida ko‘rishguncha!

Dastur

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 21, 2026🔘 Qoraqalpog‘istonning texnologik loyihalari vakillari o‘z ishlanmalarini taqdim etdi 🌲…
  2. Sep 21, 2026Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganla…
  3. Sep 21, 2026🔠 Vazir Nukusdagi “Aral Hub” faoliyati bilan tanishdi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherz…
  4. Sep 21, 2026📣 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi 🔠Joriy y…
  5. Sep 21, 2026National AI Hackathon | Xorazm | Final 📣 National AI Hackathonning Xorazm viloyat bosqich…
  6. Sep 20, 2026🌟 Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihon…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →