TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 12.9K subscribers
Post #24676 5.1K
🌟 Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi

🔘 Bugun, 20-sentabr kuni Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona, Guliston shaharlari hamda Mirzacho‘l, Zomin tumanlarida 18 mingdan ziyod o‘quvchi-yosh “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olish uchun saralash imtihonlarida ishtirok etdi.

✅Saralash imtihonlarida yoshlarning mantiqiy fikrlash, AT va ingliz tili bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib, zamonaviy AT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi yosh avlodning aniq fanlar va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodli o‘quvchilarni erta aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

⚡️Taʼkidlash joizki, bugun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan minglab yoshlar ertangi kunning dasturchi-muhandislari va texnologik taraqqiyot peshqadamlari bo‘lib yetishadi.

⏺Saralash imtihonlari natijasi 5 kun davomida eʼlon qilinadi. So‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun ushbu kanalni kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 21, 2026🔠 Vazir Nukusdagi “Aral Hub” faoliyati bilan tanishdi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherz…
  2. Sep 21, 2026❗️“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi! Mamlakatimizning axborot-kommunikat…
  3. Sep 21, 2026📣 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi 🔠Joriy y…
  4. Sep 21, 2026National AI Hackathon | Xorazm | Final 📣 National AI Hackathonning Xorazm viloyat bosqich…
  5. Sep 20, 2026“Digital Investment Forum 2026” | Spiker bilan tanishing Wang Xuhui, Shanghai LinkWise Dat…
  6. Sep 19, 2026❓ ICT Week Uzbekistan: raqamli biznes yetakchilari nima haqida gapirishadi 22–25-sentabr k…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →