🗓Joriy yilning 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan 2026” tadbiri ishtirokchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Shahar → CAEx
birinchi avtobus — soat 08:00 da;
keyingi avtobuslar — har soatda;
so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.
CAEx → shahar
so‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.
➡️ Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:
➖IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;
➖“O‘zbekiston” mehmonxonasi;
➖Janubiy vokzal;
➖“Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati / Dog‘iston ko‘chasi.
✨Tadbirga tashrif buyurishni rejalashtirgan ishtirokchilar uchun mazkur avtobuslardan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
“ICT Week Uzbekistan 2026” tadbirida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
📍Manzil: CAEx, Toshkent shahri.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
