TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
my.gov.uz

my.gov.uz

@mygovuz

Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz
Subscribers
263K
Photos
2.1K
Videos
166
Links
3.3K
Recent Posts 19 shown
Post #4045 14.9K
❗️Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz nazorat qiling!

📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Ma’lumotlarim xavfsiz joydami? Ulardan ruxsatsiz foydalanishmaydimi?"

🔐 OneID mobile ilovasi bilan bunday xavotirlarga o‘rin yo‘q! Ilovada ma’lumotlaringizni boshqarish tizimi xuddi "raqamli qulf" kabi ishlaydi:

⏺ Kerakli tashkilotga ma’lumot kerakmi? Ilovaga kiring va ruxsat bering.
⏺ Ishingiz bitdimi? "Qulf"ni darhol yoping!

💻 Face-ID (MyID) orqali tasdiqlash tizimi esa profilingizga faqat siz kira olishingizni kafolatlaydi.

✅ Xavfsizlikni tanlang, OneID Mobile ilovasi (GooglePlay yoki AppStore) ni yuklab oling!

▶️https://youtu.be/Zhs7K925das

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube OneID xavfsizligingiz o'z qo'lingizda https://id.egov.uz/oz
  • 👍 16
  • 🐳 4
  • 🔥 3
  • 🤩 1
Post #4044 31K
☄️ Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar!

💬 Bugun, 24-sentyabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi “CAEx” majmuasining 3-zalida ICTWEEK Uzbekistan 2026 haftaligi doirasidagi uzoq kutilgan forum o‘z ishini boshlaydi!

🟡 Forumda davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash, yagona raqamli muhitni shakllantirish hamda raqamlashtirish orqali fuqarolarimiz uchun yanada qulay, shaffof va sifatli xizmatlarni yaratish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

✨ Dasturdan muhim mavzular va mahalliy hamda xorijlik spikerlarning dolzarb chiqishlari o‘rin olgan.

🗣 Shuningdek, sohaviy vazirlik, idoralar hamda yirik tashkilotlarning mas’ul rahbarlari tomonidan elektron hukumat platformalari, sun’iy intellekt (AI), transport, konchilik va boshqa sohalardagi raqamli yechimlar taqdimoti o‘tkaziladi.

🥇Tadbir so‘ngida davlat boshqaruvi va iqtisodiyotga raqamli texnologiyalarni joriy etishda eng faol va tashabbuskor bo‘lgan tashkilotlar 16 ta nominatsiya bo‘yicha tantanali ravishda taqdirlanadi!

📲 Forumni quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

🎬Youtube:  https://www.youtube.com/live/6pkehAXOUP4?si=ZXYrTd6pH9c1yYSa

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube “Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar” Digital Government: A Unified Approach, Modern Governance, and New Opportunities for Citizens
  • 👍 29
  • 🔥 2
Post #4043 35.3K
❗️ Ofisga bormasdan mobil raqam egasini o‘zgartiring!

☑️ Mobil aloqa foydalanuvchilari my.gov.uz orqali o'zlarining mobil raqamlarini boshqa shaxs nomiga onlayn rasmiylashtirishlari mumkin.

🟡 Avvallari raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon (amaldagi egasi va yangi egalik qiluvchi shaxs) aloqa operatori markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi va hujjatlar imzolashi talab etilardi. Hozirda bu jarayonlar raqamlashgan.

📱 Xizmatdan foydalanish uchun:

🟢 My.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring.
🟢 "Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish" xizmatini tanlang.
🟢 Kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring va arizani yuboring.

Muhim: Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish uchun ariza berish jarayonida mobil raqamini o'tkazmoqchi bo'lgan va qabul qiluvchi shaxslar MyID orqali arizani tasdiqlashlari talab etiladi.


☄️ Ma'lumot uchun: Mobil aloqa operatorlari o'z narx siyosatidan kelib chiqib, xizmat tarifi asosida to'lov shakllantiradi.

📱Raqamli imkoniyatlardan foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang!

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 49
  • 👌 4
  • 👏 1
  • 💯 1
Post #4042 46.2K
👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi

🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi.

☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur:

⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi.

⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi.

⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m).

✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor.

⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati:
⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik.
⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida.

🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi.

❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL!

⚠️ Asosiy talablar:
💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.
💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak.

🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart.


📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi.

📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 45
  • 👌 9
  • 💯 7
  • 🤩 6
  • 🐳 5
Post #4041 39.7K

Forwarded from e-gov.uz

▶️ Kelajak raqamli texnologiyalari CAEx majmuasida: Markaz stendidan reportaj!

🟡 ICT WEEK 2026 haftaligi yuqori saviyada boshlandi. Unda Raqamli hukumat markazi o‘z stendi bilan faol qatnashib, tashrif buyuruvchilarga eng so‘nggi raqamli yechimlar va loyihalarni taqdim etmoqda.

👉 Haftalikda markaz jamoasi bir qator muhim loyihalar:
⏺ MyGov portali va mobil ilovasi
⏺ One ID yagona identifikatsiya tizimi
⏺ Gap Club loyihasi
⏺ Digital Justice va Digital Tax ilovalarini namoyish qilmoqda.

💻 Haftalikning birinchi kuni juda qizg‘in va qiziqarli tadbirlarga boy o‘tdi. Markaz stendi oldida tashkil etilgan interaktiv taqdimotlar ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Tadbirlar ko‘lami va ahamiyati qanchalik yuqori ekaniga maxsus videoreportaj orqali o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

📍CAEx (Central Asian Expo) majmuasida joylashgan Raqamli hukumat markazi stendiga tashrif buyuring. Qiziqarli taqdimotlar va yangi loyihalar tanishuvi davom etmoqda!

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
  • 🔥 17
  • 👍 10
  • 🎉 3
  • 💯 3
  • 👏 1
Post #4040 39.6K

Forwarded from GAP | Women IT Club

✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da!

🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi -
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida o‘z loyihalari, tashabbuslari va yangi imkoniyatlarini taqdim etadi.

🧢23-sentabr | 10:00
“GAP bilan yangi imkoniyatlar sari”
GAP loyihalari bilan tanishtiruv seminari


Ishtirokchilar klubning asosiy yo‘nalishlari, hududiy faoliyati, ta’lim va karyera imkoniyatlari hamda kelgusi loyihalari bilan yaqindan tanishadilar.

🧢
24-sentabr | 11:30–13:30

Xotin-qizlar uchun
“Women Shaping the Startup Ecosystem”
forumi


Forum texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi xotin-qizlar, ekspertlar va startap asoschilarini bir maydonda birlashtiradi. Unda ayollarning startap ekotizimidagi o‘rni, g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.

Bu - yangi bilim, muhim aloqalar va katta imkoniyatlar sari qadam.

🏷ICT Week’da GAP bilan birga bo‘ling. Chunki texnologiyalar kelajagi xotin-qizlar ishtirokisiz to‘liq bo‘la olmaydi.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
  • 🔥 30
  • 👏 6
  • 👍 4
  • 🎉 3
  • 🤩 2
Post #4038 41.5K

Forwarded from e-gov.uz

☄️ ICT WEEK 2026: Raqamli hukumat markazi stendiga marhamat!

✨ Bugun, 22-sentabr kuni poytaxtimizda "ICT WEEK 2026" haftaligi o‘z ishini boshladi!

✨ Dastlab haftalikning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi, shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli taqdimotlar namoyish etilmoqda.

✅ Stendimizga tashrif buyursangiz:

⏺ Raqamli identifikatsiya, kiberxavfsizlik, elektron hukumat xizmatlari va ijtimoiy himoyani raqamlashtirish kabi dolgzarb yo‘nalishlar;
⏺ Sohadagi yetakchi ekspertlar va mutaxassislardan foydali keyslar;
⏺ Raqamli hukumat loyihalarining so‘nggi yutuqlari va yangi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishasiz.

📌 Manzil: Toshkent shahri, CAEx (Central Asian Expo), Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi stendi.


⚠️ Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
  • 👍 29
  • 🔥 13
  • 🐳 4
  • 💯 4
  • 🤩 2
Post #4037 39.8K
✨ ICTWEEK UZBEKISTAN 2026: raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishing!

📣 Raqamli xizmatlar qanday ishlashi va ularning ortida qanday texnologiyalar turganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz, ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 ko‘rgazmasidagi Raqamli hukumat markazi stendiga tashrif buyuring.

🔠 Bu yerda my.gov.uz, OneID, Raqamli ma’lumotlar platformasi, Data-markaz va davlat idoralarining eng yangi raqamli yechimlari bilan tanishishingiz mumkin.

✅ Yangi loyiha va startaplar ustida ishlayotganlar uchun esa yangi imkoniyatlar va foydali yechimlar taqdim etiladi. Mutaxassislar bilan muloqot qiling, savollaringizga javob oling va raqamli kelajak sari birgalikda qadam tashlang!

❗️ Sizni Raqamli hukumat markazi stendida kutamiz!

▶️ https://www.youtube.com/shorts/kDjTQcGv9Tc

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 Raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishing!
  • 👍 22
  • 🔥 7
  • 💯 2
Post #4036 47K
❗️Ko‘chmas mulk egalari uchun qulay yechim!

👨‍💻 Кadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirsa boʻladi.

💁🏻‍♂️ Buning uchun:

🗄 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
🗄 “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
🗄 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.

📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.

🏠 Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting.

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 46
  • 🔥 12
  • 👌 1
Post #4035 46.3K
☄️SO‘ROVNOMADA ISHTIROK ETING VA SOVRINGA EGA BO‘LING!

📣ICT WEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida Raqamli hukumat markazi tomonidan maxsus so‘rovnoma tashkil etilmoqda.
✔️ Unda ishtirok etish juda oddiy:
🔗 Telegram-bot orqali so‘rovnomaga kiring, rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling;
🔗 Savollarga javob bering va telefon raqamingizni kiriting;
🔗 Sizga berilgan unikal ishtirokchi ID raqamini saqlab qo’ying;
🔗 22-24-sentabr kunlari Markaz stendiga tashrif buyurib, ID raqamingizni ko‘rsating va esdalik sovg’angizni oling!

🔝 Oldinda asosiy sovrin ham bor: noutbuk
🎉 G‘olib 24-sentabr kuni soat 17:00 dan 18:00 oralig‘ida tasodifiy tanlash usuli orqali aniqlanadi.

📌So‘rovnomani to’ldirish muddati: 24-sentabr, soat 16:00 gacha.

⌛ Keyin to‘ldirilgan so‘rovnomalar tahlil uchun qabul qilinadi, biroq asosiy sovrin tanlovida ishtirok etmaydi.

🌐 ICT WEEK UZBEKISTAN 2026: Raqamli hukumat markazi stendiga albatta keling!

▶️ https://youtube.com/shorts/oTpLsqkZAfo?si=LUjqxr1Scljs0Zhg

👉Tanlovda ishtirok etish uchun bot: https://t.me/mygov_sorovnoma_bot

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube Sorovnomada qatnashing! Sovg'a yutib oling!
  • 👍 33
  • 🔥 14
  • 👌 6
  • 💯 5
  • 👏 3
Post #4034 57K
❗️Sizda ijodiy g‘oya bor. Uni ko‘rsatishga va g‘olib bo‘lishga tayyormisiz?

🧑‍💻 Bugun raqamli texnologiyalar hayotimizni o‘zgartirmoqda. Davlat xizmatlaridan foydalanish osonlashmoqda, vaqt tejalmoqda, ortiqcha ovoragarchiliklar esa tobora kamaymoqda.

🔔 Aynan mana shu imkoniyatlarni boshqalarga qanday yetkazish — bu endi sizga bog‘liq!

▶️ ICT WEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida “Eng ijodiy targ‘ibotchi” qisqa videolar tanloviga taklif qilamiz.

🟡 Sizdan kutilgani — raqamli davlat xizmatlarini o‘z uslubingizda, ijodiy va kreativ tarzda namoyish etish.

🎙 30 dan 90 soniyagacha bo‘lgan videongiz orqali raqamli xizmatlar imkoniyatini ko‘rsating.

🎥  Kamera sizda. Gʻoya sizda. Imkoniyat esa — oldingizda.

🗣O‘z uslubingizni namoyon eting va “Eng ijodiy targ‘ibotchi” bo‘lishga harakat qiling!

👉 Tanlovda ishtirok etish shartlari va video yuborish tartibi — ushbu havolada.

▶️ https://youtube.com/shorts/qQ8N6Xdga-k?si=zAd94jAGGQ1ETaEF

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube Eng ijodiy targ‘ibotchi 24 sentabr soat 10:00
  • 👍 44
  • 👏 8
  • 👌 6
  • 🔥 2
Post #4033 63.5K
✨ 15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat ko‘magi!

👩‍⚕️ Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan shifokor va farmatsevtlar uchun my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi!

💰Endilikda farzandingizning oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

❓Qoplanadigan miqdor qancha?

⏺ Yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplanadi.
⏺Masalan: Kontrakt summasi 20 mln so‘m bo‘lsa, davlat 6 mln so‘m subsidiya ajratadi.
⏺Bir nechta farzandingiz talaba bo‘lsa, subsidiya har biri uchun alohida hisoblanadi.

🗣Kimlar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi?
⏺ Davlat tibbiyot muassasasida ayni paytda ishlayotgan;
⏺ Kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari.
(Farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridabakalavriat yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo’lishi kerak).

❗️Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yo’q!

🟡 Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi.

👤 Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi.

👉 Ariza topshirish juda oson:
💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring;
💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering;
💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi.


📱 my.gov.uz dagi ushbu imkoniyatni oq xalat kiygan fidoyi tibbiyot xodimlariga ulashing!

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 50
  • 🔥 9
  • 👏 6
  • 👌 3
  • 🎉 1
Post #4032 49.8K
#Qulay_hayot

🌦 Ob-havo holatlarini tahlil qilishda raqamlashtirish qanday imkoniyatlar yaratmoqda?

🗣 Bugungi kunda ob-havo ma’lumotlarini tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi xodimlari bilan sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari haqida suhbatlashdik.

❓ Ob-havo holatini kuzatish va tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalar qanday qo‘llanilmoqda?

🌧 Meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va prognozlarni shakllantirish jarayonlari qay darajada avtomatlashtirilgan? Raqamli tizimlar ob-havodagi o‘zgarishlarni tezkor aniqlash va prognozlar tayyorlashda qanchalik yordam bermoqda?

⚡️ Shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalarni oldindan aniqlash, aholiga tezkor ma’lumot yetkazish hamda mutaxassislar faoliyatini samarali tashkil etishda qanday raqamli yechimlar mavjud?

▶️ “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida soha mutaxassislari ob-havo monitoringi, ma’lumotlarni tahlil qilish va prognozlash jarayonlaridagi raqamlashtirish ishlari hamda bu yangiliklarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berishdi.

👉 Batafsil videoda: https://www.youtube.com/watch?v=M40VbwxlFas

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
YouTube Ob-havo holatlarini tahlil qilishda raqamlashtirish qanday imkoniyatlar yaratmoqda? Ob-havo holatini kuzatish va tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalar qanday qo‘llanilmoqda?
  • 👍 20
  • 🎉 5
  • 🤩 2
Post #4031 58.2K
✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson!

🗣 Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ajoyib qulaylik!

💬 Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish xizmati my.gov.uz portalida yangilandi va jarayon yanada soddalashtirildi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:
1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘ting va "Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" xizmatini tanlang;
2️⃣ Shaxsiy ma’lumotlaringizni (JShShIR va telefon raqami) kiriting;
3️⃣ Faoliyat turi, manzili va bank ma’lumotlarini belgilang;
4️⃣ Ma’lumotlarni tekshirib, Face-ID orqali shaxsingizni tasdiqlang hamda arizani yuboring;
5️⃣ Davlat boji uchun shakllangan invoys bo‘yicha to‘lovni amalga oshiring.

💰 Xizmat narxi:
⏺ Odatiy tartibda: 1 BHM
⏺ my.gov.uz orqali topshirilganda: 10% chegirma bilan 0,9 BHM (90%).

Natija: To‘lov qilingandan so‘ng real vaqt rejimida Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi elektron guvohnoma shakllanadi va uni darhol yuklab olishingiz mumkin.


📱 Vaqtingizni tejang — o‘z biznesingizni uydan chiqmasdan, bir necha daqiqada rasmiylashtiring!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 37
  • 👏 7
  • 🔥 4
  • 🐳 4
  • 👌 2
Post #4030 59.3K
☄️ Yaxshi yangilik: Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi!

🔵 Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan o‘tkazishni rejalashtirgan xalqaro tashkilotlar uchun qulaylik yaratildi. Endilikda O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun arizalarni masofadan turib, to‘liq elektron shaklda yuborish mumkin.

❓ Xizmat kimlar uchun?
🏫 Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlarga mo‘ljallangan.

👉 Nomzod tashkilotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
⏺ Akkreditatsiya sohasida kamida 5 yillik xalqaro tajriba;
⏺ Akkreditatsiyaning yakuniy bosqichini oflayn tartibda o‘tkazish;
⏺ Mutaxassislarning kamida 30 foizi xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lishi;
⏺ Tegishli faoliyat huquqini tasdiqlovchi sertifikat hamda rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim tashkilotlari haqida ochiq ma’lumotlar mavjudligi.


❗️ Ma’lumot uchun: Ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilotning O‘zbekistonda faoliyat yuritish vakolati 3 yilni tashkil etadi.

💻 Ariza topshirish tartibi:

🗄 my.gov.uz portaliga kirib, "Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun elektron murojaat yuborish" xizmatini tanlang;
🗄 Xalqaro tashkilot haqidagi ma’lumotlarni kiriting;
🗄 Rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hamda boshqa zarur hujjatlarni elektron shaklda ilova qiling;
🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring!

🗣 Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik qiluvchi va manfaatdor tashkilot vakillariga ushbu xabarni ulashing!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 23
  • 🐳 6
  • 👏 3
  • 🔥 2
Post #4029 80.6K
🟡 Ota-onalar diqqatiga: Farzandingizning maktabdagi baholari va davomati haqida bilish endi yanada oson!

☑️ Endilikda my.gov.uz portali orqali umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olayotgan farzandingizning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hamda u taʼlim olayotgan maskan haqida batafsil maʼlumotlarni masofadan olishingiz mumkin.

👉 Ushbu qulaylik orqali farzandingizning oʻquv natijalari:
🗄 Har bir fan boʻyicha joriy baholari va oʻrtacha koʻrsatkichlari;
🗄 Sinfga oid va umumiy baholar statistikasini.

✅ Shuningdek, maktabi haqida maʼlumotlar:
⏺ Taʼlim muassasasining nomi va aniq manzili;
⏺ Maktabdagi oʻquvchilar va faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni;
⏺ Maktabga oid boshqa muhim maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

👉 Buning uchun:
1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring;
2️⃣ Shaxsiy kabinetingizdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻting;
3️⃣ Farzandingiz haqidagi maʼlumotlar yon tomonida “Maktab maʼlumotlari” tugmasini tanlang.

🗣Tez orada my.gov.uz da farzandlarning maktabdagi davomati toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot berish ham ishga tushiriladi.

❗️Farzandingizning taʼlimdagi muvaffaqiyatlarini uydan chiqmasdan, qulay va shaffof tarzda kuzatib boring!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 113
  • 🎉 19
  • 🔥 7
  • 💯 7
  • 🐳 1
Post #4028 80.4K
🟡 Milliy gvardiyaga xizmatga kirish uchun arizani endi onlayn berish mumkin!

👮‍♀️ Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash yoki maxsus unvonli xodimlar lavozimiga xizmatga kirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun qulay imkoniyat yaratildi.

☑️ Endilikda arizalarni my.gov.uz portali orqali masofadan turib topshirish mumkin!

💻Xizmatdan foydalanish uchun:

1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan oʻtib, soʻrovnomani toʻldiring;
2️⃣ Milliy gvardiya masʼul xodimlari maʼlumotlarni koʻrib chiqib, nomzodni saralash bosqichlariga yoʻnaltiradi;
3️⃣ 15 ish kuni ichida saralash tadbirlariga ruxsat berilgani yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilgani haqida bildirishnoma keladi;
4️⃣ Dastlabki oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar belgilangan joyda amaliy va jismoniy sinovlarni topshiradilar.

📄 Taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar:
⏺ Yashash joyidagi poliklinikadan sogʻliq holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
⏺ Sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish, IT-kurslar hamda “Vatanparvar” tashkiloti sertifikatlari (mavjud boʻlgan taqdirda).


🌐Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

⏱ Vaqtingizni tejang va arizangizni my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan yuboring!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 41
  • 👏 12
  • 🤩 8
  • 🔥 4
Post #4027 56.7K
☄️ Ekologik ekspertiza boʻyicha malaka sertifikatini olish endi my.gov.uz’da!

🌳 Atrof-muhitga taʼsirni baholash hamda ekologik normativ loyihalarini ishlab chiquvchi mutaxassislar uchun ajoyib yangilik! Endi tegishli malaka sertifikatini olish uchun ariza topshirish toʻliq elektron shaklga oʻtkazildi.

👉 Talabgorlar uchun shartlar:
⏺ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida oliy maʼlumotga egalik;
⏺Sohada kamida 3 yillik ish staji;
⏺Maxsus malaka oshirish kursini tamomlaganlik haqidagi hujjat.

⏱️ Arizani koʻrib chiqish va imtihon bosqichlari:

1️⃣ Vakolatli organ 10 ish kunida imtihonga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror chiqaradi (xabar 3 ish kunida yuboriladi);
2️⃣ Imtihon sanasi, vaqti va joyi haqida kamida 10 kun oldin bildirishnoma keladi;
3️⃣ Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtilgach, 4 ish kunida elektron sertifikat taqdim etiladi.

📆 Sertifikatning amal qilish muddati: 3 yil

❗️ Vakolatli organ: Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

💰 Xizmatdan foydalanish uchun 1 BHM miqdorida to'lov undiriladi.
🔵 Ariza my.gov.uz orqali topshirilganda: 10% chegirma bilan 0,9 BHM (90%) to'lanadi.

📱 Sertifikatni olish tartibi:
🗄 my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring;
🗄 “Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini olish” xizmatini tanlang;
🗄 Soʻrovnomani toʻldiring va yuboring!

💻 my.gov.uz – oson, tez va qulay!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 26
  • 🤩 5
  • 👏 4
Post #4026 61.1K
🟡 Yangi xizmatlar!

🔬 Ilm-fan va innovatsiya sohasida faoliyat yuritasizmi? Yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

📲 Endi ilmiy tashkilotingizni rasmiy reyestrga kiritish va laboratoriyalaringizni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun ariza berish jarayoni toʻliq onlayn shaklga oʻtkazildi! my.gov.uz portalida ilm-fan sohasi vakillari uchun ikkita muhim va qulay xizmat ishga tushirildi.

1️⃣ Ilmiy tashkilotni reyestrga kiritish
Tashkilotingizni Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning rasmiy reyestriga kiriting va davlat tomonidan beriladigan imkoniyatlar eshigini oching!

2️⃣ Laboratoriyalarni zamonaviy jihozlash
Ilmiy-tadqiqotlaringiz uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, sarflov materiallari hamda butlovchi qismlarni olish uchun onlayn buyurtma bering!

❓ Tizim qanday ishlaydi?

⏺ Dastlab reyestrga kiritilgan tashkilotlar laboratoriyalarini jihozlash boʻyicha my.gov.uz orqali elektron soʻrovnoma yuboradi.

⏺ Ariza maʼqullangach, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan xaridlar amalga oshiriladi va tayyor buyurtma tashkilotingizga yetkazib beriladi!

💰Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

⏱ my.gov.uz orqali ishlaringizni ortiqcha ovoragarchilik va qogʻozbozliksiz bitiring!

⚡️ Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalaringizni rivojlantirish imkoniyatini boy bermang!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 29
  • 🔥 6
  • 💯 4
  • 👏 3
  • 🐳 3
Older posts →

About this channel

How can I read @mygovuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for my.gov.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does my.gov.uz have?
my.gov.uz (@mygovuz) has 263K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does my.gov.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →