TGViewer
my.gov.uz my.gov.uz @mygovuz · 263K subscribers
Post #4042 44K
👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi

🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi.

☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur:

⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi.

⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi.

⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m).

✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor.

⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati:
⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik.
⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida.

🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi.

❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL!

⚠️ Asosiy talablar:
💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.
💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak.

🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart.


📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi.

📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 44
  • 👌 9
  • 💯 7
  • 🤩 6
  • 🐳 5
More from @mygovuz
  1. Sep 24, 2026☄️ Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniya…
  2. Sep 24, 2026❗️ Ofisga bormasdan mobil raqam egasini o‘zgartiring! ☑️ Mobil aloqa foydalanuvchilari my.…
  3. Sep 23, 2026▶️ Kelajak raqamli texnologiyalari CAEx majmuasida: Markaz stendidan reportaj! 🟡 ICT WEEK…
  4. Sep 22, 2026✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da! 🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mam…
  5. Sep 22, 2026☄️ ICT WEEK 2026: Raqamli hukumat markazi stendiga marhamat! ✨ Bugun, 22-sentabr kuni poyt…
  6. Sep 22, 2026✨ ICTWEEK UZBEKISTAN 2026: raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishing! 📣 Raqamli xizma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →