🔵 Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan o‘tkazishni rejalashtirgan xalqaro tashkilotlar uchun qulaylik yaratildi. Endilikda O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun arizalarni masofadan turib, to‘liq elektron shaklda yuborish mumkin.
❓ Xizmat kimlar uchun?
🏫 Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlarga mo‘ljallangan.
👉 Nomzod tashkilotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
⏺ Akkreditatsiya sohasida kamida 5 yillik xalqaro tajriba;
⏺ Akkreditatsiyaning yakuniy bosqichini oflayn tartibda o‘tkazish;
⏺ Mutaxassislarning kamida 30 foizi xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lishi;
⏺ Tegishli faoliyat huquqini tasdiqlovchi sertifikat hamda rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim tashkilotlari haqida ochiq ma’lumotlar mavjudligi.
❗️ Ma’lumot uchun: Ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilotning O‘zbekistonda faoliyat yuritish vakolati 3 yilni tashkil etadi.
💻 Ariza topshirish tartibi:
🗄 my.gov.uz portaliga kirib, "Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun elektron murojaat yuborish" xizmatini tanlang;
🗄 Xalqaro tashkilot haqidagi ma’lumotlarni kiriting;
🗄 Rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hamda boshqa zarur hujjatlarni elektron shaklda ilova qiling;
🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring!
🗣 Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik qiluvchi va manfaatdor tashkilot vakillariga ushbu xabarni ulashing!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
