👮♀️ Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash yoki maxsus unvonli xodimlar lavozimiga xizmatga kirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun qulay imkoniyat yaratildi.
☑️ Endilikda arizalarni my.gov.uz portali orqali masofadan turib topshirish mumkin!
💻Xizmatdan foydalanish uchun:
1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan oʻtib, soʻrovnomani toʻldiring;
2️⃣ Milliy gvardiya masʼul xodimlari maʼlumotlarni koʻrib chiqib, nomzodni saralash bosqichlariga yoʻnaltiradi;
3️⃣ 15 ish kuni ichida saralash tadbirlariga ruxsat berilgani yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilgani haqida bildirishnoma keladi;
4️⃣ Dastlabki oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar belgilangan joyda amaliy va jismoniy sinovlarni topshiradilar.
📄 Taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar:
⏺ Yashash joyidagi poliklinikadan sogʻliq holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
⏺ Sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish, IT-kurslar hamda “Vatanparvar” tashkiloti sertifikatlari (mavjud boʻlgan taqdirda).
🌐Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!
⏱ Vaqtingizni tejang va arizangizni my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan yuboring!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
