TGViewer
my.gov.uz my.gov.uz @mygovuz · 263K subscribers
Post #4031 58.3K
✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson!

🗣 Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ajoyib qulaylik!

💬 Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish xizmati my.gov.uz portalida yangilandi va jarayon yanada soddalashtirildi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:
1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘ting va "Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" xizmatini tanlang;
2️⃣ Shaxsiy ma’lumotlaringizni (JShShIR va telefon raqami) kiriting;
3️⃣ Faoliyat turi, manzili va bank ma’lumotlarini belgilang;
4️⃣ Ma’lumotlarni tekshirib, Face-ID orqali shaxsingizni tasdiqlang hamda arizani yuboring;
5️⃣ Davlat boji uchun shakllangan invoys bo‘yicha to‘lovni amalga oshiring.

💰 Xizmat narxi:
⏺ Odatiy tartibda: 1 BHM
⏺ my.gov.uz orqali topshirilganda: 10% chegirma bilan 0,9 BHM (90%).

Natija: To‘lov qilingandan so‘ng real vaqt rejimida Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi elektron guvohnoma shakllanadi va uni darhol yuklab olishingiz mumkin.


📱 Vaqtingizni tejang — o‘z biznesingizni uydan chiqmasdan, bir necha daqiqada rasmiylashtiring!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 37
  • 👏 7
  • 🔥 4
  • 🐳 4
  • 👌 2
More from @mygovuz
  1. Sep 25, 2026❗️Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz nazorat qiling! 📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantira…
  2. Sep 24, 2026☄️ Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniya…
  3. Sep 24, 2026❗️ Ofisga bormasdan mobil raqam egasini o‘zgartiring! ☑️ Mobil aloqa foydalanuvchilari my.…
  4. Sep 23, 2026👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi 🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qar…
  5. Sep 23, 2026▶️ Kelajak raqamli texnologiyalari CAEx majmuasida: Markaz stendidan reportaj! 🟡 ICT WEEK…
  6. Sep 22, 2026✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da! 🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mam…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →