📍ICT WEEK Uzbekistan 2026: raqamli rivojlanishning yangi yo‘nalishlari
ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT va raqamli texnologiyalar sohasining muhim yo‘nalishlari — IT WOMEN CLUB, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, my.gov.uz, Yagona identifikatsiya tizimi — OneID, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va IT startaplari yagona maydonda jamlandi.
🔗Tadbir davomida davlat, biznes, xalqaro tashkilotlar, investorlar, startaplar va IT mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvi va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
❗️ICT WEEK 2026dan olingan asosiy insaytlardan biri — raqamlashtirish endilikda faqat texnologik jarayon emas, balki davlat boshqaruvi va iqtisodiy rivojlanishning strategik yo‘nalishidir. Ayniqsa, sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishi, raqamli xizmatlarning integratsiyasi va kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, inson kapitali va innovatsion muhitni rivojlantirish raqamli transformatsiyaning muhim sharti ekanligi namoyon bo‘ldi. Xotin-qizlar, yoshlar, IT mutaxassislari va startaplar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar esa raqamli iqtisodiyotning yangi salohiyatini shakllantirmoqda.
ICT WEEK Uzbekistan 2026 — texnologiyalar namoyishi bilan bir qatorda, raqamli kelajakni shakllantirish bo‘yicha g‘oyalar, tajriba va hamkorliklar birlashgan muhim platformadir.
Post #137
1.52K





- ❤ 1
- 👍 1