✏️Hurmatli ustoz va murabbiylar!
🌎Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona identifikatsiya tizimi — OneID xodimlari nomidan Sizni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Bugun fuqarolarga xizmat qilayotgan har bir raqamli yechim ortida ustoz bergan bilim, shakllantirgan tafakkur va singdirgan mas’uliyat mujassam. Siz o‘rgatgan aniqlik, halollik va izlanish bizning faoliyatimizda insonlar ishonchini qadrlash, ularning vaqtini tejash va qulay xizmatlar yaratishga asos bo‘lmoqda.
OneID raqamli makonda insonning shaxsini tasdiqlasa, Sizning ta’lim va tarbiyangiz uning hayotda o‘z o‘rnini topishiga yo‘l ochadi. Raqamli kelajak poydevoriga qo‘shayotgan bebaho hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
🏆Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik hamda shogirdlaringiz yutuqlaridan faxrlanish baxtini tilaymiz.
Yagona identifikatsiya tizimi-ONEID
Post #142
1.36K

- ❤ 4