📎Raqamli hukumat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida, Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali unutilgan login va parolni qayta tiklash jarayoni bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Parolni tiklash bir necha oddiy va xavfsiz bosqichlardan iborat:
1️⃣Tizimga kirish sahifasida joylashgan "Login yoki parol yodingizdan chiqdimi?" havolasini bosing.
2️⃣Ochilgan maxsus havolada o‘zingizning JShShIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) hamda tizimga oldindan biriktirilgan mobil telefon raqamingizni kiriting.
3️⃣“SMS yuborish" tugmasini bosganingizdan so'ng, telefon raqamingizga 6 xonali tasdiqlash kodi keladi. Ushbu kodni ekrandagi tegishli maydonga kiritib, "Qayta tiklash" tugmasini bosing.
4️⃣Ekrandagi "Kirish qayta tiklandi!" xabari jarayon muvaffaqiyatli o'tganini anglatadi. Sizning yangi login va parolingiz telefon raqamingizga SMS xabar orqali yuboriladi.
✅Yangi ma'lumotlar yordamida shaxsiy kabinetingizga xavfsiz tarzda kirishingiz va davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishda davom etishingiz mumkin.
❗Shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang!
Post #124
1.26K