#auditoriyamiz_afsonalari
Ahmadali Asqarov
“Auditoriyamiz afsonalari” ruknidagi videomizni davom ettiramiz. Bu safargi qahramonimiz Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov. Bugun ustoz tavallud topgan kun!
Ushbu intervyu sal avvalroq olingan, bugungi sana munosabati bilan e’lon qilishga qaror qildik. Avvalroq birinchi o’zbek arxeolog olimi, akademik Yahyo Gʻulomov haqida tayyorlagan kontentimizni koʻrgan boʻlsangiz kerak. Ustoz Ahmadali Asqarov Yahyo Gʻulomovning eng sevimli shogirdlaridan biri, videoda ham oʻzining talabalalik davri, ustozlari haqida soʻzlab bergan. Buyuk ustozning munosib shogirdi.
Barchamiz tarix darslarida yurtimizdagi Sopollitepa va Jarqoʻton yodgorliklarida olib borilgan tadqiqotlar, yurtimizda qadimdan shahar madaniyati yuksak rivojlangani haqida oʻqiganmiz. Bu ilmiy, arxeologik oʻrganishlarning muallifi akademik Ahmadali Asqarovdir.
Bu inson bir vaqtlar oliygohimiz talabasi boʻlgan, bugun shu dargohda talabalarga saboq berib minglab shogirdlar tayyorlamoqda.
Men kun kelib talabalarimiz orasida ham shunday millatimiz qaddini koʻtaradigan buyuk olimlar, akademiklar chiqishini, ustoz-shogirdlik zanjiri uzilmasdan, yanada mustahkamlashib borishini xohlardim.
Yana bir bor ustoz Ahmadali Asqarovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz! Yaqinlar, shogirdlar baxtiga doimo sogʻ-omon boʻling!
Videolavhani koʻring. Bu safargi video sun’iy idrok yordamida emas, jonli intervyu tarzida tayyorlandi.
@hilola_umarova
Post #22451
3.88K