Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha xorijlik talabalar universitetimizda tahsil olmoqda
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Xalqaro qozoq-turk universiteti o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi doirasida ushbu universitetning “Ona tili va adabiyoti: rus tili” yo‘nalishi 3-kurs talabalari universitetimizda tahsil olishni boshladi.
Talabalar universitetning ta’lim muhiti, o‘quv binolari, auditoriyalar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ularning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi talabalarga ikki davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik muhitida tahsil olish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Yangi ta’lim muhitiga xush kelibsiz! Talabalarimizga o‘qishlarida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Post #22459
3.53K







- 👏 9
- 👍 7
- 🔥 5
- ❤ 3
- ⚡ 2
- 🎉 2