Oʻqituvchi va murabbiylar kuni muborak!
Bugun yosh avlodga bilim berib, ularning qalbida ezgulik, ma’rifat va yuksak maqsadlarga ishonch uygʻotayotgan aziz ustoz va murabbiylar bayrami.
Ustoz nafaqat bilim beruvchi, balki insonning hayot yoʻlini belgilashga, uning kelajagiga yoʻl ko‘rsatishga xizmat qiladigan ulugʻ kasb egasidir.
Oʻzbekiston Milliy Pedagogika Universitetining barcha professor-oʻqituvchilari, ustoz va murabbiylarini 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, kuch-gʻayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Post #22485
2.32K

- ❤ 17
- 🎉 7
- 👏 5
- ❤🔥 3
- 👍 2