Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat!
“1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan universitetimizda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori Hilola Umarova professor-o‘qituvchilar va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Bayram tadbirida ta’lim sohasida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Oliy ta’lim a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari va Universitet rektori tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Ustozlarga bag‘ishlangan tabriklar va musiqiy chiqishlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Barcha professor-o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Post #22475
4.81K










- ❤ 28
- ⚡ 9
- 👏 9
- 🔥 8
- 👍 4
- ❤🔥 2
- 🎉 2