Ustozlar uchun yangi imtiyozlar
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Unda davlat rahbari ta'lim tizimida amalga oshiriladigan islohotlar haqida to‘xtaldi.
🔹 Milliy sertifikatga ega o'qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to'lanadi.
🔹 Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o'qituvchiga 30 million so'mdan mukofot beriladi.
🔹 Yana 1 ming o'qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
🔹 Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
🔹 Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplanadi.
🔹 Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri oliy toifaga ega bo'ladi.
🔹Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqaradi.
🔹 2027-yildan 4-sinf o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadalari o'tkaziladi. Tuman bosqichi g'oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi.
Ularni tayyorlagan ustozlarga:
• tuman bosqichida – 10 mln. so'm.
• viloyat bosqichida – 50 mln. so'm.
• respublika bosqichida – 100 mln. so'm.
“ Ishonchim komil, bu tashabbuslar 100 mingga yaqin pedagoglar uchun munosib rag'bat bo'ladi” dedi davlat rahbari.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Post #22473
3.23K

- ❤ 18
- 🔥 9
- ⚡ 3
- 👍 3
- 🎉 1