TGViewer
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali @npu_uz · 10.8K subscribers
Post #22466 15.4K
Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Universitet Kengashining ushbu sonida dastlab ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan universitet jamoasi a’zolari tabriklandi hamda bir guruh professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etishga qaratilgan vazifalarning universitetdagi ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, Aniq fanlar, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda Tabiiy fanlar oliy maktablarida raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yig‘ilishda xalqaro ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish, Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti bilan akademik hamkorlik doirasida “Amaliy lingvistika va TESOL” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirilgan KPI ko‘rsatkichlari va tartibi asosida baholash yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
  • ❤ 23
  • 👍 10
  • 🔥 4
  • ⚡ 3
  • 🎉 3
  • 🏆 2
  • 🥰 1
  • 👏 1
  • 👨‍💻 1
More from @npu_uz
  1. Oct 15, 2026Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar muhokama qilindi 👍Universitetimizda “Jismo…
  2. Oct 14, 2026Ko‘zlar emas, maqsadlar yetaklaydi ✨Orzular sari intilish uchun hamma narsani mukammal ko‘…
  3. Oct 13, 2026"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida O‘zbekiston gospital maktablari va Nizomiy nomidagi mil…
  4. Oct 12, 2026Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash jarayoni davom etmoqda Iqtidorli, ta…
  5. Oct 12, 2026Professor-o’qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish treninglari boshlandi 👍Universitetimizda…
  6. Oct 9, 2026Universitetimiz talabalari “ISHONCH 2030” xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda! 👍 Aniq fan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →