Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar muhokama qilindi
👍Universitetimizda “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishdagi dolzarb muammolar hamda ularning yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
💫Konferensiyada mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar va yechimlarni muhokama qildi.
✅Xususan, ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalanish, sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda sport faoliyati imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Konferensiya soha mutaxassislari o‘rtasida xalqaro tajriba almashish, mavjud muammolarga ilmiy-amaliy yechimlarni muhokama qilish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Post #22545
3.24K







- 🔥 11
- ❤ 6
- ⚡ 5
- 👍 2
- 👏 1
- 👨💻 1