Faxriy ustozlarimiz holidan xabar olindi
O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida universitetimizda ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, yuzlab shogirdlarga ta’lim va tarbiya bergan 50 ga yaqin faxriy ustozlarimiz holidan xabar olinib, bayram bilan samimiy muborakbod etildi.
Universitet rektori Hilola Umarova boshchiligida tashkil etilgan tashriflar davomida ustozlarning xonadonlariga borilib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi, uzoq yillik mehnat faoliyati va ta’lim sohasiga qo‘shgan munosib hissasi e’tirof etildi.
Zero, yillar o‘tadi, avlodlar almashadi, ammo ustozning bergan bilimi, tarbiyasi va hayot saboqlari shogirdlari qalbida yashashda davom etadi.
Faxriy ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, uzoq umr va oilaviy farovonlik tilaymiz!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Post #22486
3.18K







- ❤ 35
- 🔥 18
- 👏 9
- 👍 7
- ⚡ 5
- 🎉 2
- 🏆 1