TGViewer
Channel Public Channel
Nodex kiberxavfsizlik klubi

Nodex kiberxavfsizlik klubi

@nodexcc

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi

💭Bog'lanish uchun: @nodexccbot
Subscribers
212
Photos
81
Videos
3
Links
28
Recent Posts 10 shown
Post #107 121
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Cipher Arena: Code Breaking Challenge” intellektual musobaqasida klubimiz a’zolari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Joriy yilning 16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida kriptografiya va mantiqiy tafakkurni sinovdan o‘tkazuvchi “Cipher Arena: Code Breaking Challenge” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda ishtirokchilar 2 soat davomida turli murakkablikdagi shifrlangan ma’lumotlarni deshifrovka qilish, kriptografik jumboqlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

💻 Teng kurashlar ostida kechgan musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchilari yuqori natija qayd etib, 3-o‘rinni egallashdi.

O‘quvchilarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularning axborot xavfsizligi va dasturlash sohasidagi kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • 🎉 3
  • ❤ 2
Post #106 2.34K
🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz !

Yaxshi algoritm materiallarining aksariyati ingliz yoki rus tilida. AlgoYo'l - algoritmlarni o'zbek tilida o'rganish va bellashish platformasi. Faqat darslar emas: haqiqiy judge, jonli duellar va reyting.

🗺 15 ta yo'nalish, 241 ta bosqich - dasturlash asoslaridan ilg'or algoritmlargacha (0 → 2100+)
🧭 Qayerdan boshlashni bilmasangiz, placement test darajangizni aniqlaydi.
💻 Kod brauzerning o'zida yoziladi - hech narsa o'rnatish shart emas.
✅ Platformadagi har bir dars, masala va duel qoidasi shu tayyorgarlik tajribasidan chiqqan. Darslarni ro'yxatdan o'tmasdan ham o'qishingiz mumkin.

🔄 Har bir bosqich 4 qadamdan iborat:
1️⃣ O'rganing - dars, C++ va Python kodlari, keng tarqalgan xatolar
2️⃣ Tekshiring - qisqa test; 70% dan kam bo'lsa, nazariyaga qaytasiz
3️⃣ Yeching - haqiqiy judge: yashirin testlar, vaqt va xotira cheklovi
4️⃣ Bellashing - jonli duel: 30 daqiqa, 3 masala, Elo reyting


👥 Kim yaratmoqda?
Bu loyiha Nodex kiberxavfsizlik klubi, IT vazirligi (Presidency) jamoasi a'zolari va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida hamkorlikda tashkil qilinmoqda:
Ozodbek Xaydaraliyev
• Al-Xorazmiy xalqaro matematika va informatika olimpiadasi — kumush
• Info Cup 2025 — bronza
• STEM Republic — 1-o'rin va ikki marta 3-o'rin
• MSITF — 2-o'rin

Muxammadali Ubaydullayev

• Asosiy fan olimpiadasi — 1-o'rin
• Info Cup 2025 — bronza
• Al-Xorazmiy xalqaro matematika va informatika olimpiadasi — bronza
• Digital Generation contest, respublika bosqichi — 2-o'rin


🔗Platforma haqida batafsil ma'lumot olish uchun: @Algoyol | algoyol.uz

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • 🔥 57
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #105 353
Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇

🥈Klubimizning aʼzosi 10-03 sinf o‘quvchisi Sidikov Hamidulloh International Junior Cybersecurity Olympiad (IJCO) da yuksak mahorat koʻrsatib, kumush medalni qoʻlga kiritdi!
Ushbu ajoyib gʻalaba evaziga vakilimiz nufuzli IJCOGF (International Junior Cybersecurity Olympiad Global Finals) musobaqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Endilikda u xalqaro miqyosdagi global final bosqichida klubimiz va yurtimiz sharafini himoya qiladi!

Eng quvonarlisi, ushbu nufuzli STEAM AHEAD 2026 turniri va global finallari joriy yilning 11–16-dekabr kunlari aynan poytaxtimiz - Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi! Vakilimiz oʻz uyimizda, kuchli raqiblar orasida interaktiv Capture-the-Flag (CTF) formatidagi musobaqada qatnashadi.

Yosh kiberxavfsizlik mutaxassisimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Toshkentda oʻtadigan global finallarda ham unga ulkan zafarlar, oʻtkir zehn va yorqin gʻalabalar yor boʻlishini tilab qolamiz.🔥🔥

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • 👍 1
Post #101 280
💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da!

29–30-sentabr kunlari klubimiz asoschisi va jamoa sardori Qahramon nufuzli KazHackStan konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan xalqaro CYBERKUMBEZ 2026 musobaqasida o‘z jamoasi bilan munosib ishtirok etdi.

Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston kabi davlatlardan kelgan 40 ga yaqin kuchli va tajribali jamoalar orasida ular Red Team yo‘nalishida 15-o‘rinni egallashdi.

30 soat davomida to‘xtovsiz kechgan ushbu marafonda xalqaro arenadagi debyut bo‘lishiga qaramay, yosh tarkib katta matonat, mustahkam texnik bilim va sobitqadamlik ko‘rsatdi. Ilgari faqat onlayn kuzatilgan nufuzli jamoalar bilan bitta arenada yonma-yon bellashish ulkan tajriba bo‘ldi.

Eng avvalo, jamoaga ishonch bildirgan va xalqaro maydondagi ilk qadamlariga bosh homiy sifatida yelkadosh bo‘lgan ihamkor.uz ga chuqur minnatdorchilik bildiramiz — yosh iqtidorlarga bo‘lgan bunday ishonch va ko‘mak tahsinga loyiq.

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • ❤ 5
  • 😁 2
Post #98 326

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#NASA

🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM!

🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-05-sinf o‘quvchisi Qahramon Choriyev NASA axborot tizimlarida 10 dan ortiq xavfsizlik zaifligini aniqladi hamda Letter of Recognition — rasmiy e’tirof maktubiga sazovor bo‘ldi.

Qahramon ushbu natijaga NASA’ning Vulnerability Disclosure Program (VDP) dasturi doirasida erishdi. U aniqlagan zaifliklar orasida P5, P4, P3 va P2 darajasidagi holatlar mavjud bo‘lib, yuqori darajadagi P2 zaiflik NASA tomonidan tasdiqlanib, bartaraf etildi. NASA qoidalariga ko‘ra, Letter of Recognition P1–P4 darajasida baholangan, tasdiqlangan va bartaraf etilgan zaifliklar uchun beriladi.


🔐 E’tiborlisi, bu maxsus o‘quv laboratoriyasidagi topshiriq emas. Qahramon NASA’ning VDP doirasida tekshirishga ruxsat berilgan real axborot resurslaridagi zaifliklarni mas’uliyatli tarzda aniqlab, ular haqida belgilangan tartibda xabar bergan. NASA mazkur dastur orqali xavfsizlik tadqiqotchilariga belgilangan doirada zaifliklarni aniqlash va xabar qilish imkonini beradi.

🎓 Maktab partasidan — NASA e’tirofigacha. Qahramonning natijasi kiberxavfsizlikka qiziqish, bilim va amaliy ko‘nikmalar maktab davridayoq qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Qahramon Choriyevni ushbu natija bilan tabriklaymiz va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal
  • ❤‍🔥 10
  • 😁 8
  • 👍 5
  • 🎉 3
Post #93 422
🔴 Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida nufuzli “KazHackStan 2026” xalqaro kiberxavfsizlik konferensiyasi va amaliy CTF musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki onlayn saralash bosqichida "🔴" yo'nalishidan muvaffaqiyatli o‘tgan “Abobil Security” jamoasi ushbu xalqaro maydonda munosib ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoaga klubimiz sardori Qahramon Choriyev boshchilik qiladi.

Klubimiz nomidan jamoa sardori va barcha a’zolarga xalqaro arenada kechadigan murosasiz bellashuvda omad, yuqori natijalar tilaymiz!🔥🔥

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • 🔥 7
  • ❤ 1
Post #89 554
Nodex kiberxavfsizlik klubi ⚡️ “CYBERSECURITY CLUB CYBERCAMP 1.0” YOZGI OROMGOHI “Kiberxavfsizlik Markazi” DM huzurida tashkil etilgan Kiberxavfsizlik klubi a'zolari uchun Qo‘qon universitetida bir haftalik yozgi oromgoh boshlandi. 🚀Ushbu oromgohda klubimiz a’zosi, 10-01 sinf o‘quvchisi…
💻 Ajoyib xushxabar va navbatdagi g‘alaba!

Oromgoh o‘z yakuniga yetdi va unda ishtirok etgan jamoamiz a’zosi Mo'minov Javohir o‘zining bilim va ko‘nikmalarini yuqori darajada namoyish etib, 1.5 million so‘mlik vaucher sohibiga aylandi!

🎉 Javohirni ushbu yutug‘i bilan chin dildan muborakbod etamiz va uning kiberxavfsizlik olamidagi keyingi o‘qishlarida, kelajakdagi yirik musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • 🔥 4
  • 🎉 2
Post #85 442
💻 Klubimiz a'zosi xalqaro maydonlarda!

Joriy yilning 27-iyun – 2-iyul kunlari Tunis davlatida nufuzli Xalqaro kiberxavfsizlik olimpiadasi (ICO 2026) bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada jamoamiz a’zosi, 10-03 sinf o‘quvchisi Sidikov Hamidulloh O‘zbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi va yuqori faollik ko‘rsatdi.

❤️ Ma’lumot o‘rnida: ICO 2026 uchun O‘zbekiston terma jamoasiga saralash bahslari 2 bosqichda tashkil etilgan edi. May oyida bo‘lib o‘tgan yakuniy final bosqichida klubimizdan 4 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ulardan 2 nafari terma jamoa tarkibiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Biroq, ma’lum bir moliyaviy sabablarga ko‘ra, afsuski, ularning safarda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmadi.

Shunga qaramay, Hamidullohning xalqaro arenadagi ushbu ishtiroki butun jamoamiz uchun katta faxrdir!


Klubimiz nomidan Hamidullohni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va uning kelgusi o‘qish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🚀

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • ❤ 4
  • 😁 3
Post #76 409
⚡️ “CYBERSECURITY CLUB CYBERCAMP 1.0” YOZGI OROMGOHI

“Kiberxavfsizlik Markazi” DM huzurida tashkil etilgan Kiberxavfsizlik klubi a'zolari uchun Qo‘qon universitetida bir haftalik yozgi oromgoh boshlandi.

🚀Ushbu oromgohda klubimiz a’zosi, 10-01 sinf o‘quvchisi Mo'minov Javohir ham faol ishtirok etmoqda! Javohirga 5-iyulga qadar davom etadigan amaliy mashg‘ulotlar va CTF musobaqalarida omad tilaymiz!

🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
  • ❤ 7
  • 🔥 3
  • 😢 1
Older posts →

About this channel

How can I read @nodexcc without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Nodex kiberxavfsizlik klubi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Nodex kiberxavfsizlik klubi have?
Nodex kiberxavfsizlik klubi (@nodexcc) has 212 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Nodex kiberxavfsizlik klubi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →